7,3 mln sömlik örtaça oylik. Bu mehnat bozoridagi real holatni körsata oladimi?
Özbekistonda örtaça rasmiy oylik sönggi 4 yilda qariyb ikki barobarga oşdi. Ammo iş bilan band aholining 60 foizi işlaydigan sektorlarda iş haqining ösişi respublikadagi örtaça körsatkiçdan orqada qolyapti. Şuningdek, 10 mln kişidan ortiq inson band bölgan tarmoqlarda örtaça maoş respublikadagi örtaça körsatkiçdan turli darajada kam.

7,3 mln so‘mlik o‘rtacha oylik. Bu mehnat bozoridagi haqiqiy vaziyatni ko‘rsata oladimi?
O‘zbekiston iqtisodiyoti yil sayin kengayib bormoqda. Buni statistik ko‘rsatkichlar ham tasdiqlaydi. Masalan, 2026-yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln 274 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga oshdi. Bu daromadlar soliqlar chegirilmagan holda hisoblangan bo‘lib, xodimning qo‘liga tegadigan sof maoshni anglatmaydi.
So‘nggi 4 yillik davrga nazar tashlasak, O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar 94 foizdan ko‘proqqa oshib, 3 mln 734 ming so‘mdan 7 mln 274 ming so‘mga yetdi. Biroq bu raqamlar mehnat bozoridagi holatni aniq va to‘liq aks ettirmasligi mumkin. Chunki 7,3 mlnlik o‘rtacha ko‘rsatkichga kichik firmalar va qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi maoshlar kiritilmaydi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi umumiy band aholi soni 14 mln 934 ming kishini tashkil etadi. Shundan 21 foizi yoki 3 mln 132 ming kishi qishloq xo‘jaligi sektorida ishlaydi. Ushbu tarmoqda o‘rtacha oylik esa ancha past — 3 mln 671 ming so‘m. Agar barcha band aholining daromadlari hisobga olinsa, mamlakatdagi o‘rtacha maoshlar sezilarli darajada kamroq bo‘ladi.
Oyliklarning median miqdori
O‘zbekistonda ilk bor oyliklarning median miqdori e’lon qilindi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylari uchun eksperimental hisoblangan mediana ish haqi 4 mln 166 ming so‘m bo‘lgan. Bu — oylik oladigan o‘zbekistonliklarning yarmi shu miqdordan kam, yarmi esa shu miqdordan ko‘p ish haqi olishini anglatadi. Boshqacha aytganda, oylik oluvchilarning barchasini maosh hajmiga qarab bir safga terib qo‘ysak, eng o‘rtada turgan odam oyiga 4 mln 166 ming so‘m oylik oladi.
Agar bu miqdordan 12 foiz daromad solig‘ini chegirib tashlasak, rasmiy oylik oluvchilarning 50 foizida “qo‘liga tegadigan” maosh 3 mln 666 ming so‘m yoki taxminan 305 dollardan oshmasligi ma’lum bo‘ladi. Eng kam oyliklar Sirdaryo viloyatida: mediana ko‘rsatkich 2 mln 998 ming so‘m. Soliqni chegirib tashlasak, oylikka ishlovchi sirdaryoliklarning yarmi 2,6 mln so‘mgacha ish haqi olgani ma’lum bo‘ladi. Eng yuqori maoshlar esa Navoiy viloyati va Toshkent shahrida. Xususan, poytaxtdagi mediana ish haqi 6 mln 791 ming so‘m yoki soliqdan keyin 5 mln 976 ming so‘m bo‘lgan. O‘rtacha oylik maoshlarga qarasak, mediana bilan o‘rtada juda katta farq borligini ko‘ramiz.

