6-sentabr kuni Toshkentda qator koʻchalar vaqtincha yopiladi
6-sentabr kuni «Toshkent xalqaro yarimmarafoni» oʻtkazilishi munosabati bilan poytaxtning qator markaziy koʻchalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar soat 00:00 dan 12:00 gacha amal qiladi.

6-sentabr kuni Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 6-sentabr kuni poytaxtda «Toshkent xalqaro yarimmarafoni» ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etiladi.
Tadbir qatnashchilari xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakati tartibini saqlash maqsadida 6-sentabr soat 00:00 dan 12:00 gacha quyidagi ko‘cha va yo‘llarda transport harakati vaqtincha cheklanadi:
- Islom Karimov ko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Sharaf Rashidov shohko‘chasigacha;
- Sharaf Rashidov shohko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
- Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
- Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Nukus ko‘chasidan Hamidulla Oripov ko‘chasigacha;
- Hamidulla Oripov ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Mustaqillik shohko‘chasigacha;
- Mustaqillik shohko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
- Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar — Buxoro va Shahrisabz ko‘chalarigacha;
- Alisher Navoiy ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;
- Botir Zokirov ko‘chasi — Alisher Navoiy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
- O‘qchi ko‘chasining Botir Zokirov ko‘chasiga tutash qismi.
Shuningdek, yarimmarafon ishtirokchilari va tomoshabinlar soni ortib ketgan taqdirda, zaruratga ko‘ra, ushbu hududlarga tutash ayrim boshqa yo‘llarda ham transport harakati vaqtincha cheklanishi mumkin.
Haydovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish, cheklovlar amal qiladigan paytda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish hamda yo‘l belgilariga va mas’ul xodimlar ko‘rsatmalariga amal qilish tavsiya etilgan.

