Sport

5831 iştirokçi, 620 mln söm sovrin: «Zakovat-Gambit» hal qiluvçi bosqiçga kirdi

Beşinçi «Zakovat-Gambit» şaxmat turnirining saralaş bahslari yakunlandi. 28-oktabr kuni Toşkentda yarim final öyinlari ötkazilişi kutilmoqda. Bu yil musobaqaga rekord darajada - 5831 nafar iştirokçi röyxatdan ötgan. Turnirning umumiy sovrin jamğarmasi 620 million sömni taşkil etadi.

5831 ishtirokchi, 620 mln so‘m sovrin: «Zakovat-Gambit» hal qiluvchi bosqichga kirdi

Tashkilotchilar maʼlumotiga ko‘ra, saralash bahslari olti kun davom etgan. 19–23-oktabrda mamlakatning barcha 14 hududida yuzma-yuz o‘yinlar, 24-oktabrda esa chess.com platformasida onlayn saralash o‘tkazilgan.

Bu yil saralash tartibiga yangilik kiritildi: avval faqat onlayn tashkil etilgan bosqichga hududiy bahslar ham qo‘shildi. Ularda ishtirok eta olmagan yoki yarim finalga yo‘llanma ololmagan shaxmatchilar onlayn saralashda yana bir bor o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Turnir uch bosqich — saralash, yarim final va finaldan iborat. Yarim final 28-oktabrga, final bahslari esa 29–30-oktabrga belgilangan. Har ikki bosqich Toshkentda o‘tkaziladi.

Qatnashchilar FIDE reytingi va darajasiga qarab besh guruhga ajratiladi. Shu tariqa havaskorlar ham, professionallar ham o‘z darajasidagi raqiblar bilan g‘oliblik uchun kurashadi.

Har bir guruh g‘olibiga 50 million so‘m

A, B, C, D va E guruhlarining har birida sovrinlar bir xil miqdorda belgilangan: birinchi o‘rin — 50 million so‘m; ikkinchi o‘rin — 30 million so‘m; uchinchi o‘rin — 20 million so‘m; ayollar o‘rtasida birinchi o‘rin — 20 million so‘m.

Bundan tashqari, eng yoshi katta va eng yoshi kichik ishtirokchi uchun 10 million so‘mdan maxsus mukofot ajratilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.