37 darajagacha: 23 sentyabr kuni Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi
Oʻzbekistonda 23 sentyabr kuni asosan quruq ob-havo kutilmoqda, kunduzi esa harorat 37 darajagacha koʻtariladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda. Toshkentda biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 16–18 daraja, kunduzi 30–32 darajani tashkil etadi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo 35 darajagacha isiydi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 37 darajagacha issiq boʻlishi kutilmoqda. […]

37 darajagacha: 23 sentyabr kuni Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi
23 sentyabr kuni Oʻzbekistonda asosan quruq ob-havo prognoz qilinmoqda, kunduzi harorat 37 darajagacha koʻtariladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.
Toshkentda biroz bulutli ob-havo kutilmoqda, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi harorat 16–18 daraja, kunduzi 30–32 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo 35 darajagacha isiydi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 37 darajagacha issiq boʻlishi kutilmoqda.
Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida kunduzi 27–32 daraja boʻladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida — 27–32 daraja.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida kechga tomon baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir va momaqaldiroq kutilmoqda. Kunduzi harorat 20–25 darajani tashkil etadi, baʼzi joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

