+35° gacha va yogʻingarchiliksiz: Oʻzbekistonda 3 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo
Oʻzbekistonda 3 oktyabr kuni oʻzgaruvchan bulutli ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda. Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 15–17°, kunduzi — 29–31° tashkil etadi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilib, 35° gacha koʻtariladi. Navoiy viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi […]

+35° gacha va yogʻingarchiliksiz: Oʻzbekistonda 3 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo
3 oktyabr kuni Oʻzbekistonda oʻzgaruvchan bulutli ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.
Toshkentda yogʻingarchilik prognoz qilinmayapti. Kechasi havo harorati 15–17°, kunduzi — 29–31° tashkil etadi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kutilmoqda — 35° gacha. Navoiy viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 25–30° gacha isiydi.
Togʻoldi va togʻli hududlarda ham asosan yogʻingarchiliksiz oʻtadi. Shu bilan birga, sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat kechasi 7–12°, kunduzi — 17–22° tashkil etadi.

