30° gacha va yogʻingarchiliksiz: Oʻzbekistonda 28 sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo
28 sentyabr kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida kam va oʻzgaruvchan bulutli boʻlishi kutilmoqda. Yogʻingarchilik boʻlmaydi, deb xabar beradi Oʻzgidromet. Toshkentda kechasi 11–13° iliq, kunduzi havo 23–25° gacha isiydi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida kunduzi 21–26° boʻladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida 22–27° boʻlishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida — 20–25°. Mamlakat janubida issiqroq boʻladi […]

30° gacha va yogʻingarchiliksiz: Oʻzbekistonda 28 sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo
28 sentyabr kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida kam va oʻzgaruvchan bulutli ob-havo prognoz qilinmoqda. Yogʻingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Toshkentda kechasi harorat 11–13° boʻladi, kunduzi havo 23–25° gacha isiydi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida kunduzi 21–26° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 22–27° kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida — 20–25°.
Mamlakat janubida eng iliq ob-havo kuzatiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzi harorat 25–30° gacha koʻtariladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida kunduzi 20–25° kutilmoqda.
Togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baland togʻlarda yogʻingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduzi harorat 13–18° ni tashkil etadi.

