26-oktabrdan öqituvçilar sinovdan ötadi: sana va manzilni qayerdan biliş mumkin?
26-oktabrdan respublika böylab pedagog kadrlarning kuzgi attestatsiya sinovlari boşlanadi. 28-noyabrgaça davom etadigan jarayonda iştirok etiş uçun 240 mingdan ortiq ariza qabul qilingan. Pedagoglarga sinov sanasi va manzili haqida şaxsiy kabinetlari orqali xabar berilgan.

26-oktabrdan o‘qituvchilar sinovdan o‘tadi: sana va manzilni qayerdan bilish mumkin?
Attestatsiyada pedagoglarning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi hamda pedagogik mahorati baholanadi.
Berilgan ma’lumotga ko‘ra, kuzgi attestatsiyada qatnashish uchun jami 302 ming 422 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 5,5 foizi navbatdagi majburiy, 94,5 foizi esa navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan.
Murojaatlar o‘rganib chiqilib, 240 mingdan ortig‘i — 79,4 foizi qabul qilingan.
Sinovda ishtirok etishi belgilangan pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzil ko‘rsatilgan xabarnomalar yuborilgan.
Sinovlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi maxsus jihozlangan 13 ta markazda jami 2526 ta kompyuter tayyor holatga keltirilgan.
Pedagoglar attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko‘rishlari mumkin.

