2027-yilda uç mamlakat iqtisodiyoti qisqarişi kutilmoqda
Xalqaro valyuta jamğarmasi prognozlariga köra, 2027-yilda Iroq, Qatar va Kuvayt iqtisodiy ösiş surʼatlari böyiça dunyoda yetakçi bölişi kutilmoqda. Biroq yuqori körsatkiçlar, avvalo, 2026-yilgi keskin pasayişdan keyingi tiklaniş bilan boğliq bölib, Hurmuz böğozida kema qatnovining normallaşişiga tayanadi.

2027-yilda uch mamlakat iqtisodiyoti qisqarishi kutilmoqda
Visual Capitalist tuzgan reyting Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) 2026-yil oktabrda e’lon qilingan «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotiga tayangan. Unda davlatlar 2027-yilda real yalpi ichki mahsulotning (YAIM) kutilayotgan o‘sish sur’atlari bo‘yicha solishtirilgan.
Reytingda Iroq 19 foizlik o‘sish prognozi bilan birinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarda Qatar — 18,8 foiz va Kuvayt — 17,1 foiz bilan qayd etilgan.
Bu mamlakatlardagi yuqori o‘sish sur’atlari iqtisodiy faollikning keskin qisqarishidan keyin kutilmoqda. XVJ 2026-yilda Iroq iqtisodiyoti 16 foizga, Qatarniki 15,6 foizga, Kuvaytniki esa 16,7 foizga qisqarishini prognoz qilgan. Shu sababli keyingi yildagi katta o‘sish raqamlari asosan yo‘qotilgan ishlab chiqarish hajmlarining tiklanishini anglatadi.
Yaqin Sharqda Eron bilan urushdan keyin kutilgan tiklanish neft va boshqa energetika resurslarini qazib olish hamda eksport qilish hajmini oshirishi mumkin. Biroq bu ssenariy Hormuz bo‘g‘ozi orqali kema qatnovi qanchalik tez tiklanishiga bog‘liq.
Hisob-kitoblarda bo‘g‘ozdagi qatnov 2027-yil mart oyidan bosqichma-bosqich tiklana boshlashi, oktabrga borib esa tashish sharoitlari asosan urushdan oldingi holatga qaytishi nazarda tutilgan.
Yaqin Sharqdan tashqarida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri Gayanada kutilmoqda. Mamlakat 16,8 foizlik o‘sish prognozi bilan reytingda to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Uning iqtisodiyoti dengizda neft qazib olish hajmining kengayishi hisobiga tez o‘sishda davom etmoqda.
Vyetnam va Hindiston ham eng tez o‘suvchi iqtisodiyotlar qatoriga kirgan. Vyetnamda YAIM 7,5 foizga, Hindistonda esa 7 foizga oshishi prognoz qilinmoqda. Vyetnamda o‘sishni sanoat mahsulotlari eksporti, Hindistonda esa ichki iste’mol qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.
Reytingga kiritilgan mamlakatlar orasida iqtisodiyoti qisqarishi prognoz qilingan uch davlat bor. Boliviyada YAIM 1,5 foizga, Ekvatorial Gvineyada 1 foizga, Haitida esa 0,5 foizga kamayishi kutilmoqda.
Bir qator yirik rivojlangan mamlakatlarda ham o‘sish sust bo‘lishi prognoz qilingan. Italiya, Fransiya va Yaponiyada iqtisodiy o‘sish 1 foizga ham yetmasligi mumkin. Germaniya uchun 1,1 foiz, Buyuk Britaniya uchun esa 1,2 foizlik o‘sish kutilmoqda.
Yevropada energiya resurslarining qimmatligi iste’mol va sanoat faolligini cheklamoqda. Xitoy eksportchilari bilan raqobatning kuchayishi ham Yevropa Ittifoqi iqtisodiy o‘sishini 2028-yilgacha sekinlashtiruvchi omil bo‘lib qolishi kutilmoqda. Yevropalik ishlab chiqaruvchilar ichki bozorda ham, xorijda ham kuchli raqobatga duch kelmoqda.

