2027-yil uchun doktorantura kvotalari tasdiqlandi
O‘zbekistonda 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul kvotalari tasdiqlandi. Jami 4 840 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, shundan 3 900 tasi tayanch doktorantura, 540 tasi doktorantura va 400 tasi stajyor-tadqiqotchilik hissasiga to‘g‘ri keladi.

**2027-yil uchun doktoranturaga qabul kvotalari belgilandi**
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-sonli buyrugʻiga asosan, 2027-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichiga qabul kvotalari tasdiqlandi.
Ushbu hujjatga koʻra, respublika miqyosida jami 4 840 ta qabul oʻrni ajratilgan. Bu oʻrinlar mamlakatdagi 234 ta ilmiy va taʼlim muassasalari oʻrtasida taqsimlangan.
Qabul kvotalarining asosiy qismi tayanch doktoranturaga yoʻnaltirilgan boʻlib, bu yoʻnalish uchun 3 900 ta oʻrin ajratilgan.
Bundan tashqari, doktorantura uchun 540 ta, stajyor-tadqiqotchilik uchun esa 400 ta qabul kvotasi belgilangan.
Shunday qilib, 2027-yilda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida jami 4,8 mingdan ortiq oʻrin taqdim etiladi.

