Mahalliy

2026 yilda OTMga qabul keskin oshirildi.

2026-2027 o‘quv yilida O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshirildi. Yangi o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul 234 mingdan ortiq etib belgilangan bo‘lsa, davlat granti asosida 36 mingdan ziyod talaba o‘qishga qabul qilinadi..

2026 yilda OTMga qabul keskin oshirildi. 2026-2027 o‘quv yilida O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshdi. Yangi o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul 234 mingdan ortiq belgilangan bo‘lsa, davlat granti asosida 36 mingdan ziyod talaba o‘qishga qabul qilinadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, 2026-2027 o‘quv yili uchun davlat granti kvotasi 36 ming 23 tani tashkil etadi. Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul esa 234 mingdan ortiq belgilangan.

Vazirning ta’kidlashicha, qabul jarayonida muhandislik, axborot texnologiyalari (IT), pedagogika va agrar sohalar ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

So‘nggi uch yilda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari izchil o‘sib bormoqda. Xususan, 2024 yilda mazkur ko‘rsatkich 127 ming 995 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda 148 ming 400 nafarga yetgan. 2026 yilda esa qabul hajmi 234 mingdan ortiq belgilandi.

Shu tariqa, yangi o‘quv yilida oliy ta’limga qabul qamrovini kengaytirish va iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.