Dunyo

2026-yilgi Venetsiya kinofestivali g‘oliblari e’lon qilindi

2026-yilgi Venetsiya kinofestivali g‘oliblari ma’lum qilindi

Italiyada 2-12-sentyabr kunlari o‘tkazilgan 83-Venetsiya kinofestivali yakuniga yetdi. Aktrisa va rejissyor Meggi Jillenxol rahbarligidagi hakamlar hay’ati bosh mukofot — “Oltin sher”ni May al-Tuxining “Noma’lum ayol” (Daniya) filmiga berdi. Bu festival dasturidagi ayol rejissyor tomonidan suratga olingan yagona film edi.

Festivalning nufuz jihatidan ikkinchi mukofoti hisoblangan “Kumush sher” rejissyor Li Chxan Don ishlagan “Mumkin bo‘lgan sevgi” (Koreya) filmiga nasib etdi.

Shuningdek, “Eng yaxshi rejissura uchun” “Kumush sher” mukofotini rossiyalik rejissyor Ilya Xrjanovskiy “Dau” filmi uchun oldi. Bu sovet fizigi Lev Landauning tarjimayi holidan ilhomlangan keng ko‘lamli eksperimental drama bo‘lib, film ssenariysi qisman Lev Landauning rafiqasi Konkordiya Drobantsevaning 1999-yilda chop etilgan xotiralariga tayangan.

“NAZA” hujjatli filmi rekord darajadagi 25 daqiqalik olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Kinofestivalda g‘oliblar quyidagicha belgilandi:

Eng yaxshi film uchun “Oltin sher” — “Noma’lum ayol” (Woman Unknown), rej. May al-Tuxiy

Hakamlar hay’atining Gran-prisi (“Kumush sher”) — “Mumkin bo‘lgan sevgi” (Possible Love), rej. Li Chxan Don

Eng yaxshi rejissura uchun “Kumush sher” — Ilya Xrjanovskiy, “Dau” filmi

Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti — “NAZA”, rej. Yuval Abraham va Reychel Szor

Eng yaxshi ayol roli uchun Volpi kubogi — Matilda Arsel (“Noma’lum ayol”)

Eng yaxshi erkak roli uchun Volpi kubogi — Jon Malkovich (“Yovvoyi ot”)

Eng yaxshi ssenariy — Stefan Brize, Korali Amedeo va Olivye Gors, “Yaxshi kichkina askar” (A Good Little Soldier) filmi uchun

Marchello Mastroyanni mukofoti — Malu Kxebizi, “Shifo maskani” (A Place To Heal) filmi uchun

Kinematografga qo‘shgan hissasi uchun “Oltin sher” — Jorj Kluni va Ellen Byorstin

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.