Mahalliy

2026 yilda Oʻzbekistonda avtomobilni oldi-sotdi qilish qanday rasmiylashtiriladi

2026 yil 1 apreldan boshlab Oʻzbekistonda oʻn yoshdan oshmagan avtomobillar uchun toʻlov tartibi oʻzgardi: hisob-kitoblar naqd pulsiz shaklga oʻtdi. Avtomobilni qanday tanlash va tekshirish, oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish, qanday hujjatlar talab qilinishi va qancha toʻlash kerakligi haqida soʻz yuritamiz.

Oʻzbekistonda 2026 yilda avtomobilni oldi-sotdi qilish qanday rasmiylashtiriladi

Ishlab chiqarilgan sanasidan oʻn yildan ortiq vaqt oʻtmagan M, N, O va G toifasidagi transport vositalarini, shuningdek, maxsus avtotransportni sotib olish va sotishda hisob-kitoblar naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.

Xridor sotuvchiga pulni toʻgʻridan-toʻgʻri naqd shaklda topshirmaydi. Buning oʻrniga toʻlov bank orqali eskrou mexanizmini qoʻllagan holda oʻtadi. Bank notariusga mablagʻlar mavjudligini tasdiqlaydi, shartnoma tasdiqlanganidan keyin esa ularni sotuvchiga oʻtkazadi.

Xar bir oldi-sotdi shartnomasi uchun bitta eskrou-hisobvaragʻi koʻzda tutiladi. Biroq bu har safar xaridor yangi bank hisobvaragʻi ochishi kerakligini anglatmaydi.

Agar eskrou qoidalari boʻyicha hisob-kitob qilishga mos kelsa, bank xaridorning amaldagi hisobvaragʻidan, bank kartasidan yoki elektron hamyonidan foydalanishi mumkin.

Rasmiylashtirish uchun xaridor bankka murojaat qiladi va tegishli shartnomani tuzadi. Agar bank shunday imkoniyatni taqdim etsa, arizani elektron shaklda ham topshirish mumkin.

Pul naqd boʻlsa-chi

Ularni bank kassasi orqali kiritish mumkin. Shundan soʻng avtomobil uchun hisob-kitob baribir naqd pulsiz deb hisoblanadi.

Zarur summa hisobvaraqqa joylashtirilgach, bank bu haqda notariusga xabar beradi. Shartnoma tasdiqlanganidan keyin notarius bankka bitimning elektron tasdiqnomasini yuboradi.

Sotuvchi pulni qachon oladi

Agar bank notariusdan tasdiqnomani ish kuni davomida olsa, pul oʻsha kunning oʻzida oʻtkaziladi. Agar tasdiqnoma bankning ish kuni tugaganidan keyin kelib tushsa, oʻtkazma keyingi ish kunida bajariladi.

Agar bitim amalga oshmasa

Agar notarius shartnomani tasdiqlamasa, xaridor eskrou-hisobvaragʻidan pulni qaytarish uchun bankka murojaat qilishi mumkin. Bank xizmatlari uchun komissiyani qaytarish shartlarini alohida aniqlashtirish lozim.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.