Iqtisodiyot

2026-yilda işsizlik eng yuqori bölişi kutilayotgan davlatlar maʼlum böldi

2026-yil uçun prognozlarga köra, Sudanda işsizlik 59,5 foiz, Janubiy Afrika Respublikasida esa 33,2 foizni taşkil etişi kutilmoqda. Ular 103 mamlakatni qamrab olgan işsizlik xaritasida eng yuqori körsatkiçlarga ega. Tailand, Vyetnam, Yaponiya va Rossiyada esa rasmiy işsizlik darajasi nisbatan past bölişi prognoz qilingan.

2026-yilda ishsizlik eng yuqori bo‘lishi kutilayotgan davlatlar ma’lum bo‘ldi.

Unda 103 mamlakatning 2026-yil uchun prognoz ko‘rsatkichlari keltirilgan. Mamlakatlar o‘rtasidagi katta tafovutlar iqtisodiy o‘sish sur’atlari, demografik vaziyat va milliy mehnat bozorlarining xususiyatlari bilan bog‘liq.

Xaritaga kiritilgan davlatlar orasida eng yuqori ishsizlik Sudanda kutilmoqda — 59,5 foiz. Tahlilda bu ko‘rsatkich mamlakatda uzoq davom etayotgan mojaroning iqtisodiyotga yetkazgan og‘ir zarari bilan izohlangan.

Ikkinchi o‘rinda Janubiy Afrika Respublikasi turibdi. Bu yerda ishsizlik 33,2 foizni tashkil etishi prognoz qilingan. Mehnat bozoridagi uzoq yillik tuzilmaviy muammolar millionlab odamlarning ish topishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Ishsizlik muammosi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda ham sezilarli. Ayniqsa, Yevropa davlatlari o‘rtasidagi farqlar katta.

Masalan, Finlandiyada 2026-yil uchun ishsizlik darajasi 10,2 foiz deb prognoz qilingan. Polshada esa bu ko‘rsatkich 3,2 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Demak, Finlandiyadagi ishsizlik darajasi Polshanikidan uch barobardan ham yuqori.

Finlandiya mehnat bozoriga ichki talabning sustligi va qurilish sohasidagi uzoqqa cho‘zilgan pasayish ta’sir qilmoqda. Bu omillar korxonalarning yangi xodimlarni ishga qabul qilish imkoniyatlarini cheklamoqda.

Fransiyada ishsizlik 8,4 foiz, Germaniyada esa 4 foiz bo‘lishi prognoz qilingan. Fransiyaning ko‘rsatkichi Germaniyanikidan ikki barobardan ziyod yuqori. Ayni vaqtda Germaniya sanoatida ham qiyinchiliklar saqlanib qolmoqda.

AQSh mehnat bozorida esa boshqacha holat kuzatilmoqda. Mamlakatda ham yangi xodimlarni ishga olish, ham ishdan bo‘shatish faolligi past.

Shu sababli ommaviy qisqartirishlar kuzatilmayotgan bo‘lsa-da, yangi ish topish tobora qiyinlashmoqda. Ya’ni ishlayotganlar o‘z o‘rnini saqlab qolayotgan bir paytda, ish qidirayotganlar uchun imkoniyatlar cheklanmoqda.

Tailand, Vyetnam, Yaponiya va Rossiya rasmiy ishsizlik darajasi past mamlakatlar qatorida keltirilgan. Xitoy va Hindistonda ham umumiy ko‘rsatkichlar nisbatan past.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.