Layfstayl

20 yillik şirin xotiralar: Chococream Magic City’da unutilmas yubiley bayramini nişonladi

Bolalikning sevimli taʼmi, oilaviy anʼanalar va avlodlarni birlaştirgan şirin lahzalar. 25-oktabr kuni Toşkentdagi Magic City boği Chococream brendining 20 yillik yubileyi munosabati bilan quvonç, musiqa va unutilmas taassurotlarga boy katta oilaviy bayramga mezbonlik qildi.

20 yillik shirin xotiralar: Chococream Magic City’da unutilmas yubiley bayramini nishonladi

Yigirma yil — bu shunchaki vaqt o‘lchovi emas. Bu minglab oilalarning xotiralari, bolalikning beg‘ubor onlari, bir dasturxon atrofida o‘tgan samimiy suhbatlar va avloddan avlodga o‘tib kelayotgan shirin an’analar tarixidir.

2006-yilda o‘z faoliyatini boshlagan Chococream bugun ko‘plab o‘zbekistonliklar uchun tanish va qadrli brendga aylangan. Bir paytlar uning ta’midan bolaligida bahramand bo‘lganlar bugun o‘z farzandlari bilan ana shu shirin lahzalarni baham ko‘rmoqda.

Aynan shu g‘oya — avlodlar o‘rtasidagi mehr, yaqinlik va shirin xotiralar — brendning 20 yillik yubiley bayramida ham o‘z ifodasini topdi.

**Magic City bir kunga sehrli shokolad olamiga aylandi**

Yubiley munosabati bilan Magic City hududida o‘ziga xos ertakona muhit yaratildi. Rang-barang dekoratsiyalar, shirinliklar shaklidagi bezaklar, tematik maydonchalar va Oompa-Loompa qahramonlari mehmonlarni go‘yo «Charli va shokolad fabrikasi» olamiga olib kirdi.

Bayramda 2400 dan ortiq mehmon ishtirok etdi. Kattalar va bolalar uchun tayyorlangan interaktiv o‘yinlar, qiziqarli tanlovlar, ko‘ngilochar dasturlar hamda shirin sovg‘alar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Ayniqsa, bolalarning quvonchi, oilalarning birgalikda o‘tkazgan vaqtlari va mehmonlarning samimiy tabassumlari bayramning eng qadrli lahzalariga aylandi.

Chococream bu yubiley orqali faqat o‘z tarixini nishonlash bilan cheklanmadi. Brend o‘ziga yillar davomida ishonch bildirib kelayotgan iste’molchilar bilan quvonchni baham ko‘rishni maqsad qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.