18 mamlakat ekspertlari Rossiyada qurilayotgan noyob MBIR tadqiqot reaktori bazasidagi amaliy tadqiqotlarni muhokama qildilar
2026 yil 29 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti (OʻzR FA YAFI) maydonchasida Koʻp maqsadli tezkor tadqiqot reaktori (MBIR XTM) bazasidagi Xalqaro tadqiqotlar markazi Maslahat kengashining III yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbir dunyoning 18 mamlakatidagi 72 ta tashkilotdan 150 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi. Yigʻilishni ochar ekan, MBIR XTM Maslahat kengashi raisi, Rossiya fanlar akademiyasi vitse-prezidenti […]

18 ta davlat ekspertlari Rossiyada qurilayotgan noyob MBIR tadqiqot reaktori bazasidagi amaliy tadqiqotlarni muhokama qilishdi
2026 yil 29 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti (OʻzR FA YAFI) maydonchasida Koʻp maqsadli tezkor tadqiqot reaktori bazasidagi Xalqaro tadqiqotlar markazi (MBIR XTM) Maslahat kengashining III yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda dunyoning 18 ta davlatidan 72 ta tashkilotning 150 dan ortiq vakili ishtirok etdi.
Yigʻilishni ochar ekan, MBIR XTM Maslahat kengashi raisi, Rossiya Fanlar akademiyasi (RFA) vitse-prezidenti Stepan Kalmikov MBIR tadqiqot qurilmasining «megasayens» landshafti va yadroviy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro hamkorlik elementi sifatidagi ahamiyatini, shuningdek, MBIR XTM ilmiy dasturining yadroviy yoqilgʻi tsiklini (YAYOTs) yopish, radioaktiv chiqindilar (RACh) miqdorini kamaytirish va atom energetikasining resurs bazasini kengaytirish uchun muhimligini taʼkidladi.
«Atom fani va atom energetikasi har doim boshqa koʻplab sohalarda rivojlanish drayveri boʻlib kelgan va bugungi yigʻilish ishtirokchilarining keng geografiyasi — Koreya va Hindistondan tortib MDH, Braziliya va Afrika mamlakatlarigacha — buning yaqqol isbotidir. Tadbir yirik ilmiy markazlar, sanoat korporatsiyalari, akademik tuzilmalar, sohaviy regulyatorlar va moliya institutlari rahbarlari hamda ekspertlarini, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va yetakchi universitetlar vakillarini birlashtirdi», — dedi Stepan Kalmikov.
Yigʻilishda fan va strategiya boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari Yevgeniy Abakumov ishtirok etdi. U «Rosatom» davlat korporatsiyasi rahbariyatining loyihani amalga oshirishga va uni jahon ilmiy kun tartibiga integratsiya qilishga chuqur jalb etilganini taʼkidladi: «Maslahat kengashi yigʻilishining Toshkentda oʻtkazilishi MBIR loyihasi xalqaro ilmiy hamjamiyat uchun haqiqatan ham qiziqarli ekanligining tasdigʻidir. MBIR XTM konsortsiumi mahalliy loyiha doirasidan chiqib, ilgʻor yadroviy tafakkurning global tortishish markaziga aylandi. Yetakchi tadqiqot markazlari va korporatsiyalari bizning reaktor bazamiz imkoniyatlariga tayanmoqda. Bu biz talab yuqori boʻlgan, fundamental vositani yaratayotganimizdan dalolat beradi. Aynan koʻp tomonlama ekspertlik muloqoti doirasida jahon atom energetikasini oʻn yilliklar oldinga rivojlantirishning ilmiy-texnologik standartlari va strategik vektorlari shakllantirilmoqda».
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov yigʻilishning ochilishida soʻzga chiqib, sohaviy tashkilotlarning MBIR XTM bazasidagi hamkorlikka qiziqishi ortib borayotganini va reaktordagi ishlar jahon atom energetikasi rivojiga kuchli turtki berishini taʼkidladi.
«Kurchatov instituti» Milliy tadqiqot markazi prezidenti Mixail Kovalchukning yigʻilish ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatini markaz vitse-prezidenti Aleksandr Blagov oʻqib eshittirdi. Oʻz murojaatida Mixail Kovalchuk texnologik suverenitet va milliy xavfsizlikni taʼminlashda «megasayens» infratuzilmasining rolini taʼkidladi. U qurilayotgan MBIR reaktori va ishlab turgan PIK — bu butun neytron oqimlari spektrini qamrab oluvchi va yutuqli texnologiyalar hamda xalqaro kooperatsiya uchun makon boʻlishi kerak boʻlgan ikkita qurilma ekanligini qayd etdi. «Megasayens» toifasidagi qurilmalarning yagona ilmiy dasturini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mixail Kovalchuk ushbu jarayonga MDH mamlakatlaridan boʻlgan sheriklarni integratsiya qilish muhimligini alohida taʼkidladi.
Yigʻilish ishtirokchilarini qutlar ekan, OʻzR FA YAFI direktori, akademik Ilhom Sodiqov noyob tadqiqot qurilmalari sinergiyasining muhimligini qayd etdi: «Bugungi uchrashuv zamonaviy yadro fizikasi va reaktor texnologiyalari chegara bilmasligini yaqqol namoyish etmoqda. Qurilayotgan MBIR reaktori imkoniyatlarini YAFIning mavjud infratuzilmasi, jumladan, modernizatsiya qilingan VVR-SM tadqiqot reaktorimiz va tezlashtiruvchilar majmuasi bilan integratsiya qilish makrohududdagi amaliy fan uchun mutlaqo yangi ufqlarni ochadi. Biz materialshunoslik boʻyicha qoʻshma tajribalarda, hisoblash kodlarini verifikatsiya qilishda va radioizotoplar ishlab chiqarishda ulkan salohiyatni koʻrmoqdamiz. Ishonchim komilki, noyob kompetentsiyalarimiz va eksperimental bazalarimizning birlashishi yadro xavfsizligini taʼminlash va tinchlik maqsadlaridagi atomning barqaror rivojlanishi uchun ishonchli poydevor boʻladi».
Yigʻilish kun tartibi amaliy muhandislik vazifalari va tadqiqot dasturlarining sinergiyasiga qaratildi. Tadbir ishtirokchilari tadqiqot infratuzilmasini rivojlantirish, tadqiqot uslublari, yadroviy energetika texnologiyalarini rivojlantirish vazifalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ekspertlar milliy dasturlarni rivojlantirish strategiyasi va kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.
«MBIR XTM» Konsortsiumi Lideri» MCHJ bosh direktori Vasiliy Konstantinov platformani kengaytirishning asosiy yoʻnalishlarini taqdim etdi va loyihaning texnologik istiqbollarini belgilab berdi: «Hozirgi vaqtda Xalqaro tadqiqotlar markazi ishtirokchilari tarkibi yangi rossiyalik va xorijiy sheriklarni jalb qilish hisobiga kengayishda davom etmoqda. XTMning uzoq muddatli tadqiqot dasturi doirasida MBIR yechimlari bazasida kichik quvvatli energetika qurilmasi loyihasini ishlab chiqish ham istiqbolli yoʻnalish sifatida koʻrilmoqda. Olinadigan issiqlikning sezilarli qismi elektr energiyasini ishlab chiqarishga yoʻnaltirilishini va loyihaviy quvvati taxminan 50 MVt tashkil etishini hisobga olsak, MBIR kelajakdagi energetika platformasining prototipi va texnologik yechimlar namoyishchisi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, yangi yechimlarni yaratishning barcha bosqichlarida — vazifalarni qoʻyishdan tortib natijalarni amaliyotga joriy etishgacha boʻlgan jarayonda sunʼiy intellekt vositalarini ishlab chiqish va qoʻllash amaliy qiziqish uygʻotmoqda».
MBIR — bu issiqlik quvvati 150 MVt boʻlgan, natriy issiqlik tashuvchili, tezkor neytronlarda ishlovchi koʻp maqsadli tadqiqot reaktoridir. Reaktor Dimitrovgrad shahrida, «Davlat ilmiy markazi – Atom reaktorlari ilmiy-tadqiqot instituti» AJ (AO «GNTs NIIAR», «Rosatom» davlat korporatsiyasining Ilmiy divizioni tarkibiga kiradi) maydonchasida «Yangi atom va energetika texnologiyalari» texnologik yetakchilik milliy loyihasi doirasida qurilmoqda. Hozirgi vaqtda reaktorning birinchi konturi uskunalarini montaj qilish ishlari olib borilmoqda: 2025 yilda issiqlikni avariyaviy chiqarib yuborish tizimi konturining sovuq filtr-tuzoqlari loyihaviy holatga oʻrnatildi. Birinchi konturni montaj qilish doirasida issiq quvur oʻtkazgichlarining oʻtish elementlarini reaktor korpusiga va birinchi quvur bloklariga payvandlash amalga oshirildi, natriy ombori binosida asosiy texnologik uskunalarni montaj qilish yakunlandi, shuningdek, qayta yuklash mexanizmi va ishlatib boʻlingan issiqlik ajratuvchi yigʻmalarni (IAY) bugʻ-suv bilan yuvish uyalari yetkazib berildi. 2026 yilda vazni 7,3 tonna, balandligi 5 metr va diametri 1,5 metr boʻlgan ikkita avariyaviy issiqlik almashtirgich loyihaviy holatga oʻrnatildi.
MBIR eksperimental ishlarni olib borish, radioizotoplar ishlab chiqarish, modifikatsiyalangan materiallar tayyorlash, shuningdek, uskunalar va texnologik tizimlarning yangi turlarini sinovdan oʻtkazish uchun moʻljallangan. Yangi reaktorning noyob imkoniyatlari ikki komponentli yadro energetikasi va yadroviy yoqilgʻi tsiklini yopish texnologiyalarini ishlab chiqishni, shuningdek, toʻrtinchi avlod xavfsiz yadroviy energetika qurilmalarini yaratishni tezlashtirish imkonini berishi kutilmoqda.
MBIR reaktori bazasida xalqaro konsortsium shaklida Xalqaro tadqiqotlar markazi (XTM) tashkil etilgan. Uning ishtirokchilari atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish boʻyicha milliy dasturlar uchun zarur boʻlgan tajribalarni ustuvor tartibda oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladilar. Konsortsium formati ilmiy hamjamiyat ehtiyojlariga javob beradigan reaktor resursidan moslanuvchan foydalanish imkonini beradi. «MBIR XTM» konsortsiumi yangi ishtirokchilarning qoʻshilishi uchun ochiqdir.

