16 yölakli köprikdan sunʼiy oroldagi aeroportgaça: Xitoyning 10 yirik loyihasi
Xitoyda beşta GESdan iborat kaskad, Yanszi ostidagi avtomobil tunneli, ikki qavatli 16 yölakli köprik va sunʼiy orolda aeroport qurilmoqda. Mamlakatning yirik infratuzilma loyihalari orasida toğlarni kesib ötuvçi temiryöllar, yuzlab kilometrlik suv yöllari va elektr energiyasini minglab kilometrga uzatuvçi tarmoqlar ham bor.

16 yo‘lakli ko‘prikdan sun’iy oroldagi aeroportgacha: Xitoyning 10 yirik loyihasi
Xitoyning temiryo‘l tarmoği uzunligi 165 ming kilometrdan oshgan. Mamlakatda avtomobil yo‘llari, portlar, energetika va suv xo‘jaligi inshootlarining keng tizimi mavjud. Yangi qurilishlar esa bu tarmoqlarni kengaytirish, o‘zaro bog‘lash va mavjud obyektlardagi o‘tkazish quvvati yetishmovchiligini bartaraf etishga qaratilgan
Tibetda beshta GESdan iborat kaskad
Yarlung-Sangpo daryosining quyi oqimidagi gidroenergetika majmuasi qurilishi 2025-yil iyulida Tibet avtonom rayonining Ningçi hududida boshlangan. Loyiha beshta kaskad gidroelektr stansiyasini barpo etishni nazarda tutadi. Uni rivojlantirish va ekspluatatsiya qilish uchun China Yajiang Group kompaniyasi tashkil etilgan.
Daryo Tibet tog‘ligini kesib o‘tib, janubi-sharqda keskin pastga tushadi va quyi oqimda Braxmaputra nomi bilan davom etadi. Baland tog‘lar, katta balandlik farqlari va murakkab geologik sharoit qurilishni qiyinlashtiradi.
Loyihaga Hindiston va Bangladeş ham e’tibor qaratmoqda. Chunki yuqori oqimdagi inshootlarning suv rejimi va ekologiyaga ta’siri daryo havzasidagi boshqa davlatlar uchun ham ahamiyatli.
Yo‘lning qariyb 94 foizi ko‘prik va tunnellardan iborat temiryo‘l
Siçuan–Tibet temiryo‘lining Yaan–Ningçi qismi taxminan 1018 kilometrni tashkil etadi. Shundan qariyb 841 kilometri 69 ta tunneldan, yana 112 kilometri esa 104 ta ko‘prikdan o‘tadi.
Oddiy yer usti temiryo‘l polotnosiga atigi 64 kilometr atrofidagi masofa to‘g‘ri keladi. Ko‘prik va tunnellarning umumiy ulushi 93,7 foizga yetadi.
Yo‘nalishda 24 ta stansiya qurilishi ko‘zda tutilgan. Relyefga qarab, poyezdlarning loyihaviy tezligi soatiga 120–200 kilometrni tashkil etadi.
Baland tog‘lar va chuqur daryo vodiylarida qurilishning o‘zi bilan birga ishchilar, uskunalar va materiallarni yetkazish ham murakkab vazifa. Shu bois asosiy liniyaga xizmat qiluvchi avtomobil yo‘llari ham ta’mirlanib, modernizatsiya qilinmoqda.
Yanszi daryosi ostidagi 11 kilometrlik tunnel

