130 ming tibbiyot xodimining malaka oshirish xarajatlarini davlat qoplaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimida yangi tartib joriy etilishini ma’lum qildi.

130 ming tibbiyot xodimining malaka oshirish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi
O‘zbekistonda birlamchi tibbiy bo‘g‘in hamda tumanlarda ishlayotgan tibbiyot xodimlari malaka oshirish muassasasini o‘zlari mustaqil tanlash imkoniga ega bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimida yangi tartib joriy etilishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tibbiyot xodimlari malakasini qayerda oshirishni mustaqil belgilaydi. Bu jarayonga xususiy ta’lim muassasalari ham faol jalb etiladi.
Ayniqsa, birlamchi tibbiy bo‘g‘in va tumanlarda faoliyat yuritayotgan shifokor hamda hamshiralarning malaka oshirish xarajatlari to‘liq davlat hisobidan qoplanadi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu o‘zgarish tufayli tumanlarda ishlayotgan 130 ming nafar tibbiyot xodimining yiliga jami 100 milliard so‘m mablag‘i tejaladi.
Prezident tibbiyotga yangi texnologiyalar, zamonaviy tashxislash va davolash usullari kirib kelayotgani sababli soha vakillari muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi zarurligini ta’kidladi.
«Tibbiyot xodimlari doim o‘z ustida ishlashi, yangiliklardan ortda qolmasligi kerak!» — dedi davlat rahbari.

