1-sentyabrdan budjet xodimlari maoshi va talabalar stipendiyasi 7 foizga oshadi
Prezidentning 23-iyundagi farmoniga muvofiq, 1-iyuldan pensiyalar, nafaqalar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga beriladigan moddiy yordamlar

1-sentyabrdan budjet xodimlari maoshi va talabalar stipendiyasi 7 foizga oshadi
2026-yil 1-sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda talabalarning stipendiyalari 7 foizga oshiriladi. Shu bilan birga, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdorining yangi qiymatlari joriy etiladi.
Bu haqda Prezidentning 23-iyundagi farmonida belgilangan.
Mazkur oshirish 2026-yilda ijtimoiy to‘lovlar va daromadlarni indeksatsiya qilishning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Avvalroq, 1-iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga beriladigan moddiy yordamlar ham 7 foizga oshirilgan edi.
Iyul oyidagi oshirishdan so‘ng, yoshga doir eng kam pensiya 983 ming so‘mni, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori esa 1 million 83 ming so‘mni tashkil etgan.
Shuni eslatib o‘tish joizki, bazaviy hisoblash miqdorining oshishi davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa bir qator to‘lovlar miqdorining ham ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

