Siyosat

1-noyabrdan kamar taqmagan haydovçilar xususiy radarlarga ham tuşadi

Özbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar örnatgan maxsus foto va video qayd etiş qurilmalari orqali haydovçilarning xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalarini buzganini qayd etişga ruxsat beriladi.

1-noyabrdan boshlab kamar taqmagan haydovchilar xususiy radarlarga ham tushadi.

Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-oktabrdagi 596-son qarorida belgilangan. Hujjat bilan hukumatning 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Yangi talablarga ko‘ra, qoidabuzarlikni qayd etishda haydovchining yuzi hamda xavfsizlik kamarini taqqan yoki taqmaganligi yuqori sifatli fotosuratlarda aniq aks etishi shart.

Tizim «Maʼmuriy amaliyot» moduliga quyidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak: metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati; qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt; qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari.

Shuningdek, qurilmalar elektr taʼminoti uzilganda kamida sakkiz soat ishlashini taʼminlaydigan zaxira elektr manbai bilan jihozlanishi lozim.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.