Siyosat

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritildi

Prezident 09.10.2026 yildagi Ta’lim, fan va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil etilishini hamda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – ta’lim va fan vaziri lavozimi joriy etilishini nazarda tutuvchi PF-217-son Farmonni imzoladi.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritildi

Prezident 09.10.2026 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-217-son Farmonni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tarkibida yangi kotibiyat tashkil etiladi. Uning shtat birligi 12 nafarni tashkil qiladi. Shundan beshtasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi hisobidan, yana yettitasi esa qayta tashkil etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi shtatlarini optimallashtirish hisobiga ajratiladi.

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – ta’lim va fan vaziriga farmon ilovasiga asosan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar biriktiriladi.

Mazkur mansabdor shaxs unga berilgan vakolatlar doirasida vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularning ishini muvofiqlashtiradi.

Muvofiqlashtirish ta’lim, fan va sogʻliqni saqlash sohalaridagi vazifalarni bajarishga yoʻnaltiriladi.

Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta ichida Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – ta’lim va fan vazirining funksional vazifalari hamda yangi kotibiyat toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlovchi Hukumat qarorini qabul qilish topshirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2026 yildan kuchga kirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.