1 mln sömlik banknota çiqarilgani haqidagi xabarlar asossiz - Markaziy bank
Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 1 mln sömlik yangi banknota muomalaga çiqarilişi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Regulyatorga köra, mazkur maʼlumot asossiz va haqiqatga töğri kelmaydi.

1 mln so‘mlik banknota chiqarilgani haqidagi xabarlar asossiz - Markaziy bank
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 1 mln so‘mlik banknota muomalaga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi.
«Mazkur maʼlumot asossiz bo‘lib, yolg‘on va feyk ekanligini maʼlum qilamiz. U haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», - deyiladi regulyator xabarida.
Maʼlumot uchun, «Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonunining 39-moddasiga asosan O‘zbekistonda pul belgilarining nominal qiymati regulyator tomonidan belgilanadi.
Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank mamlakat hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega hisoblanadi. Yangi pul belgilarini Senat maʼqullanganidan so‘ng Markaziy bank yangi pul belgisi tavsifi va uning muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.

