Iqtisodiyot

Markaziy bank yangi banknot yoki tanga chiqarishning tartiblarini ishlab chiqdi

Bu Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan bank tizimida naqd pul muomalasini tashkil etishga oid idoraviy

Markaziy bank yangi banknotlar yoki tangalarni muomalaga kiritish tartibini ishlab chiqdi.

O‘zbekistonda yangi namunadagi banknotlar yoki tangalar muomalaga chiqarilishidan kamida bir hafta oldin bu haqda jamoatchilikka xabar berish tartibi joriy etilishi mumkin. Bu Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan bank tizimida naqd pul muomalasini tashkil etishga oid idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasida ko‘zda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, yangi namunadagi banknot va tangalarning dizayni Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadi. Shu qarorda ularni muomalaga chiqarish ishlarini tashkil etish, yangi pul belgilari haqidagi axborot va ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish sanasi ham belgilanadi.

Yangi banknot yoki tangalarning muomalaga chiqarilishi haqidagi ma’lumot hamda ularning tavsifi muomalaga chiqarish sanasidan kamida bir hafta oldin OAVda e’lon qilinishi nazarda tutilmoqda.

Hujjatda banknot va tangalar dizayni Markaziy bank hamda "Davlat belgisi" MChJ tomonidan birgalikda ishlab chiqilishi belgilangan. Alohida hollarda pul belgilari dizayni yuzasidan aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazilishi ham mumkin.

Pul belgilarining dizaynida O‘zbekistonga xos xususiyatlar aks etishi, ularda davlat ramzlaridan biri, nominal qiymat, Markaziy bank nomi va qalbakilashtirishga qarshi himoya elementlari bo‘lishi talab etiladi.

Shuningdek, banknot va tangalar muayyan mavzuga bag‘ishlanib, ularda O‘zbekiston tarixi, mamlakat zaminida tug‘ilib jahon ilm-fani rivojiga hissa qo‘shgan shaxslar, mustaqil O‘zbekiston yutuqlari, tabiat va milliy qadriyatlarga oid tasvirlar aks ettirilishi mumkin.

Qayd etish kerak, hujjatda hozircha yangi banknot yoki tanga muomalaga chiqarilishi e’lon qilinmagan. Unda kelgusida yangi namunadagi pul belgilari chiqarilgan taqdirda qo‘llanadigan tartib belgilanmoqda.

Hujjat hozircha loyiha hisoblanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.