Özbekistonliklar uçun Qozoğistonga kiriş qoidalari: kimlarga ETA kerak böladi va uni qanday rasmiylaştiriş mumkin?
2027-yil 1-iyuldan Özbekiston fuqarolari Qozoğistonga vizasiz kiriş uçun ETA elektron ruxsatnomasini olişi kerak böladi. Uni safardan kamida 72 soat oldin QazETA ilovasida rasmiylaştiriş lozim. Kimlar ETAdan ozod etilgani, uni qanday oliş va Qozoğistonda böliş qoidalarini tuşuntiramiz.

O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonga kirish qoidalari: kimlarga ETA kerak bo‘ladi va uni qanday rasmiylashtirish mumkin?
Yo‘q, O‘zbekiston fuqarolariga Qozog‘istonga safar qilish uchun viza kerak emas. Ikki davlat o‘rtasida vizasiz kirish nazarda tutilgan fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi bitim amal qiladi.
ETA joriy etilishi vizasiz rejimni bekor qilmaydi. Bu safardan oldin rasmiylashtirilishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha elektron ruxsatnoma. U pasport o‘rnini bosmaydi va mamlakatga kirishni kafolatlamaydi: yakuniy qarorni Qozog‘istonning chegara organlari qabul qiladi.
2027-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonga kirish uchun ETA olishlari kerak bo‘ladi, ruxsatnoma rasmiylashtirishdan ozod etilgan sayohatlar toifalari bundan mustasno.
Yangi qoidalarga muvofiq, tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi:
● 2026-yil 1-noyabr - Aqtau aeroporti va to‘rtta avtomobil o‘tkazish punkti.
● 2027-yil 1-yanvar - Ostona va Olmaota aeroportlari.
● 2027-yil 1-mart - qolgan o‘tkazish punktlari.
● 2027-yil 1-iyul - yangi talablar tatbiq etiladigan sayohatchilar uchun ETA majburiy bo‘ladi.
2027-yil 30-iyungacha o‘tish davri amal qiladi. Bu vaqtda ETA’ni oldindan rasmiylashtirish mumkin, ammo tizim allaqachon ishga tushirilgan o‘tkazish punktlarida ham ruxsatnomaning yo‘qligi mamlakatga kirishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi.
16 yoshga to‘lmagan bolalar, 65 yosh va undan katta shaxslar, shuningdek, sayyohlarning ayrim boshqa toifalari uchun ETA talab qilinmaydi.
Quyidagi shaxslar ham ruxsatnoma rasmiylashtirishdan ozod etiladi:
Qozog‘istonning amaldagi vizasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari;
Qozog‘istonda vaqtincha yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari;

