Özbekistonga tijorat maqsadida kelganlarning 90 foizdan ortiği - Afğoniston fuqarolari
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonga tijorat maqsadida 357,5 ming nafar çet el fuqarosi taşrif buyurgan. Ularning 323,7 mingga yaqini yoki qariyb 90,5 foizi Afğoniston fuqarolari hissasiga töğri kelgan.

Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelganlarning 90 foizdan ortigʻi — Afgʻoniston fuqarolari
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, tijorat maqsadida kelgan xorijliklar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 34,8 ming nafarga yoki 10,8 foizga oshgan.
Mamlakatlar kesimida Afgʻoniston katta farq bilan birinchi oʻrinni egallagan. Keyingi oʻrinlarda Turkmaniston va Tojikiston qayd etilgan.
Tijorat maqsadida tashrif buyurganlarning mamlakatlar boʻyicha taqsimoti:
Afgʻoniston — 323 660 nafar;
Turkmaniston — 24 196 nafar;
Tojikiston — 6 412 nafar;
Qirgʻiziston — 695 nafar;
Qozogʻiston — 629 nafar;
Rossiya — 370 nafar;
Turkiya — 346 nafar;
boshqa davlatlar — 1 150 nafar.

