O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlarning 90 foizi – afg‘onistonliklar
8 oy mobaynida O‘zbekistonga 310,9 ming chet ellik tijorat maqsadida keldi. Qaysi davlat fuqarolari ko‘proq?

O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlarning 90 foizi – afg‘onistonliklar
2026-yil yanvar–avgust oylarida 310,9 ming nafar chet el fuqarosi tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tijorat maqsadida kelgan xorijliklarning katta qismi Afg‘oniston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hisobot davrida Afg‘onistondan 281 258 nafar fuqaro O‘zbekistonga kelgan.
Bu jami tashriflarning qariyb 90 foizini tashkil etadi. Turkmaniston 21 033 nafar tashrif bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
Tojikistondan esa 5 784 nafar chet el fuqarosi tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Qirg‘izistondan 664 nafar, Qozog‘istondan 525 nafar fuqaro tijorat maqsadida tashrif buyurgan. Rossiyadan kelganlar soni 332 nafarni tashkil etgan.
Turkiyadan 290 nafar chet el fuqarosi shu maqsadda O‘zbekistonga kelgan. Qolgan davlatlar hisobiga 1 013 nafar tashrif buyuruvchi to‘g‘ri kelgan.

