Texnologiya

Özbekistonda startaplar töğrisidagi qonun loyihasi 60 dan ortiq tadbirkor iştirokida muhokama qilindi

Toşkentda 60 dan ortiq vakil startaplar töğrisidagi qonun loyihasini muhokama qildi. Unda investitsiyalar, davlat kömagi va huquqiy maqom masalalari körib çiqildi.

Özbekistonda startaplar to‘g‘risidagi qonun loyihasi 60 dan ortiq tadbirkor ishtirokida muhokama qilindi

30 oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonda startap faoliyatini rivojlantirish uchun huquqiy shart-sharoitlarni shakllantirishga qaratilgan startaplar to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Tadbirda davlat organlari, startap kompaniyalari, investitsiya hamjamiyati, startap ekotizimi tashkilotlari va xalqaro hamkorlarning 60 dan ortiq vakili ishtirok etdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tashkil etdi. Tadbir Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligi (FCDO) ko‘magida o‘tkazildi.

Uchrashuvni ochar ekan, Iqtisodiyot va moliya vazirligining kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini tahlil qilish, qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish departamenti bo‘limi boshlig‘i Timur Xusanov davlatning startap sohasiga yondashuvi bosqichma-bosqich o‘zgarayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, istiqbolli loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlab olish o‘rniga, bozorning barcha ishtirokchilari rivojlanishi uchun teng va qulay sharoitlar yaratish ustuvor vazifaga aylanmoqda.

Ushbu yondashuvni IFCning O‘zbekiston va Turkmaniston bo‘yicha rahbari Nil Makkeyn hamda FCDOning Markaziy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish masalalari maslahatchisi Charli Morris ham qo‘llab-quvvatladi.

Ishtirokchilar startaplarning innovatsiyalarni rivojlantirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi rolini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligi imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokama davomida startaplarni aniqlash va ularga tegishli maqom berish mezonlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, investitsiyalar va malakali mutaxassislarni jalb qilish masalalari ham ko‘tarildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar qonun loyihasi qoidalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan innovatsion rivojlanish siyosatiga qanchalik muvofiqligini baholadi.

Uchrashuv yakunida startaplar amaliyotda qo‘llay oladigan, bozor muhitidagi o‘zgarishlar va sohani rivojlantirishning yangi tendensiyalarini hisobga oladigan tushunarli va shaffof qonunchilik bazasini yaratish zarurligi ta’kidlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.