Iqtisodiyot

Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi

Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mustaqil xalqaro auditdan muvaffaqiyatli ötib, volfram böyiça RMAP Conformant maqomini qölga kiritdi.

Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor bo‘ldi

Bu Markaziy Osiyo volfram sanoatida birinchi shunday natijadir.

Jahon bozorida metallning sifati va narxi bilan birga, uning qayerdan kelgani, qanday sharoitda ishlab chiqarilgani va xaridorga qay tarzda yetkazib berilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yirik sanoat kompaniyalari xomashyo yetkazib beruvchilarni tanlashda taʼminot zanjirining shaffofligi va masʼuliyatli xarid tamoyillariga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati erishgan natijaning ahamiyati ham shu bilan bogʻliq. RMAP Conformant maqomi korxonaning mineral xomashyoni masʼuliyatli yetkazib berishga doir tegishli talablarga muvofiqligi mustaqil audit orqali baholanganini anglatadi.

Bu maqom Oʻzbekiston uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?

Xalqaro bozorga chiqishda ishlab chiqarish quvvati va mahsulot sifati bilan bir qatorda, xaridorning ishonchi ham muhim. Yangi maqom Oʻzbekiston volframining xalqaro xaridorlar uchun ishonchli taʼminot manbai sifatidagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, u yirik sanoat kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi xaridorlar bilan aloqalar oʻrnatish va eksport bozorlarini kengaytirish uchun qoʻshimcha asos yaratadi. Bu, ayniqsa, yetkazib beruvchilarga masʼuliyatli taʼminot boʻyicha talablar qoʻyadigan kompaniyalar bilan ishlashda ahamiyatlidir.

RMAP tizimining Yevropa komissiyasi tomonidan ham rasman tan olingani uning xalqaro taʼminot zanjirlaridagi ahamiyatini oshiradi.

Bu eʼtirof Oʻzbekiston volframining jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash va xalqaro xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.