Ölimga tayyor edim: AQŞda qatldan omon qolgan ayol ilk bor gapirdi
AQŞ Tennessi ştatida Krista Paykni ölim inyeksiyasi orqali qatl qilişga uriniş muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Mahkum ayol ilk bayonotida oğir jismoniy va ruhiy azoblarni boşdan keçirayotganini aytdi. Ştat rasmiylari esa hozirça qatl nima sababdan amalga oşmaganiga izoh bermadi.

Ölimga tayyor edim: AQŞda qatldan omon qolgan ayol ilk bor so‘zladi
Ölim jazosiga hukm qilingan amerikalik 50 yoshli ayol Krista Payk Tennessi shtati qamoqxonasida unga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmini ijro etishga urinishganidan — biroq ikkita inyeksiya ham ta’sir qilmaganidan so‘ng ilk bor ommaviy bayonot berdi.
Paykka pentobarbital preparatining avval bir dozasi, keyin esa takroriy dozasi yuborildi, ammo u vafot etmadi. Shifokorlar bayonotiga ko‘ra, uning o‘lishi uchun qon aylanish tizimiga yetarli miqdorda dori tushmagan.
Payk buni shunday bayon qildi: «Bir oy oldin, 30-sentabr kuni men qatl kamerasiga o‘limga tayyor holda kirdim. Taqdirimga tan bergandim».
Shundan so‘ng, Paykning ta’kidlashicha, u qamoqxona shifoxonasida yolg‘iz o‘zi, nima bo‘layotganini tushunmagan holda hushiga kelgan.
«O‘sha kundan beri men og‘riq his qilmagan birorta ham daqiqa bo‘lmadi, - deyiladi Paykning bayonotida. - Tanam og‘riyapti. Qo‘llarim og‘riyapti. Kaftlarim og‘riyapti. Tomog‘im og‘riyapti. Hali ham gapirishga qiynalyapman. Va bu shunchaki jismoniy og‘riq emas. Og‘riq ongim va qalbimni teshib o‘tmoqda».
Muvaffaqiyatsiz qatldan so‘ng 50 yoshli Payk og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi. Keyin esa u avvalgi 30 yil umrini o‘tkazgan qamoqxonaga qaytarilgan.
«Men asosan qamoqxonaning tibbiyot bo‘limida, boshqa odamlardan va men uchun juda qadrli bo‘lgan insoniy munosabatlardan uzilgan holda, ihotalangan vaziyatda qolmoqdaman. Bu yolg‘izlik o‘ziga xos og‘riq beradi. Men 28 yilni bir kishilik kamerada o‘tkazdim va bugun boshdan kechirayotganlarimning ko‘pi o‘sha muhitni qaytadan yodga solmoqda», - dedi mahkum ayol.
Krista Payk 1995-yilda sodir etilgan qotillik uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. U Tennessi shtatida so‘nggi 200 yil ichida qatl etiladigan birinchi ayol bo‘lishi kerak edi. Uning holati — inyeksiyadan keyin tirik qolish bilan bog‘liq tarixda ma’lum bo‘lgan yagona voqeadir.
Ko‘p o‘tmay, mutaxassislar ehtimoliy sabablardan biri sifatida inyeksiyalar vena tizimiga tushmay, zahar teri osti to‘qimalarida qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytishdi.

