Zidan yaqin kunlarda Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi – Romano

Romano nashrining xabar berishicha, Zinedin Zidan yaqin kunlarda Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ladi.
Mashhur insayder va jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Real Madrid"ning sobiq murabbiyi Zinedin Zidan 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin Fransiya terma jamoasini boshqarishni boshlaydi.
Fransiya terma jamoasi turnirdagi ishtirokini amaldagi bosh murabbiy Dide Desham qo'l ostida yakunlaydi, u ilgari turnirdan keyin o'z lavozimini tark etish niyatini e'lon qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Fransiya 2026-yilgi Jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga 2:0 hisobida yutqazdi. Uchinchi o'rin uchun o'yinda "Bleus" Argentina va Angliya o'rtasidagi ikkinchi yarim finalda yutqazgan jamoaga qarshi o'ynaydi. Bu o'yin 18-iyuldan 19-iyulga o'tar kechasi bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 2:00 da boshlanadi.
Ma'lumot uchun, Dide Desham 2012-yildan beri milliy terma jamoani boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida Fransiya 2018-yilda jahon chempioni bo'lgan.
Zinedin Zidan ilgari klub darajasida katta yutuqlarga erishgan. U 2016–2018 va 2019–2021 yillarda "Real Madrid"ga murabbiylik qilib, ketma-ket uchta Chempionlar Ligasi, ikkita Ispaniya ligasi va boshqa ko'plab xalqaro sovrinlarni qo'lga kiritdi.

