Boshqa

“Zerikdim”: parvoz paytida uchuvchi osmonga o‘z dardini “chizdi”

“Zerikdim”: parvoz davomida uchuvchi osmonga o‘z dardini “chizdi”

Buyuk Britaniyaning Ravenair aviakompaniyasiga tegishli uchuvchi sinov parvozi vaqtida osmonda “I’m bored” (Zerikib ketdim) degan yozuvni qoldirdi. Ushbu g‘ayrioddiy parvoz yo‘nalishini Flightradar24 xizmati foydalanuvchilari aniqlashdi.

Piper Tomahawk rusumli kichik motorli samolyot 11-iyul kuni Liverpul shahridan havoga ko‘tarilgan. U Angliya va Uels shimoli-g‘arbida ikki soat davomida parvoz qilgan. Uchuvchi qirg‘oqbo‘yi hududi osmonida ushbu yozuvni “chizish” uchun taxminan 20 daqiqa davomida aniq burilishlar amalga oshirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, samolyotni 20 yoshli instruktor boshqargan. U samolyot dvigatelining silindri almashtirilgandan so‘ng sinov parvozini o‘tkazayotgan edi. Aviakompaniya ushbu holatda hech qanday qoidabuzarlik mavjud emasligini ta’kidladi. Kompaniyaning operatsion direktori Ueyn Barretning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi samolyotni tekshirish jarayonida shunchaki ko‘ngil ochmoqchi bo‘lgan.

“Shuni ham aytish kerakki, u bu ishi bilan uchish mahoratini juda yuqori darajada namoyish etdi”, deya qo‘shimcha qildi direktor.

Avvalroq British Airways mast bort kuzatuvchilari sababli reysni bekor qilgani haqida xabar berilgan edi.

pilotflightravenairaviationflightradaruksafetyaircraft