Boshqa

Yevropadagi anomal issiqning asosiy sababi aniqlandi

Yevropadagi anomal issiqning asosiy sababi aniqlanmoqda

Yevropadagi rekord darajadagi issiq havoning sababi cho‘llardan kelayotgan subtropik antisiklonlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ular odatiy okean antisiklonini siqib chiqarishmoqda. Bu haqda Kamerino universiteti professori, iqlimshunos Massimiliano Fazzini “RIA Novosti” nashriga ma’lum qildi.

Olimning ta’kidlashicha, Sahroyi Kabir yoki Eron platosidan kelayotgan antisiklonlar juda kuchli bo‘lib, 6-8 kilometr balandlikka yetadi. Ushbu issiq havo massasi tog‘ tizmalaridan o‘tib, pastga tushganda siqilish natijasida yanada qiziydi. Natijada yer yuzasidagi harorat haddan tashqari ko‘tariladi.

Avval G‘arbiy Yevropada asosan okean antisiklonlari hukmronlik qilgan bo‘lsa, hozir cho‘llardan kelayotgan subtropik antisiklonlar ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Yaqin Sharqdagi cho‘l hududlari Sahroyi Kabir shimoliga qaraganda tezroq qiziyapti.

“Hozirgi issiq havo to‘lqinlarining bunday kuchli bo‘lishiga aynan shu sababdir. Yer yuzasidagi havo dastlab juda issiq bo‘ladi, pastga tushuvchi havo oqimlari esa uni yanada qizdirib yuboradi,” dedi Massimiliano Fazzini.

Rekord darajadagi issiq va “qizil” xavf

Iyun oyining o‘rtalarida Yevropada g‘ayritabiiy issiq ob-havo kuzatildi. Bir qator mamlakatlarda harorat 40 darajadan oshdi. Iyun oyining so‘nggi haftasida esa bir nechta Yevropa davlatida mutlaq harorat rekordlari yangilandi. Vaziyatning jiddiyligi sababli quyidagi davlatlarda eng yuqori — “qizil” xavf darajasi e’lon qilindi: Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiya.

Ayni vaqtda Apennin yarimoroliga (Italiya hududi) uchinchi issiq havo to‘lqini yaqinlashmoqda. Avvalroq bu jazirama sabab Yevropada 10 mingdan ortiq odam vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Jazirama bilan bog‘liq o‘lim holatlarining aksariyati 65 yosh va undan kattalar orasida qayd etilgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, anomal harorat nafaqat issiq urishiga, balki yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklarining kuchayishiga ham olib keladi. Keksa yoshdagi insonlar esa bunday xavf qarshisida eng zaif qatlam hisoblanadi.

iqlim o'zgarishiissiq havojaziramayevropaantisiklonrekord haroratxavf darajasisog'liq muammolari