Yevropada rekord darajadagi jazirama fonida 10 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi

Iyun oyi oxirida Yevropa mamlakatlarini qamrab olgan rekord darajadagi jazirama 10 mingdan ziyod o‘lim holatiga olib keldi. Vafot etganlarning aksariyati 65 yosh va undan kattalardir. 2026-yilning iyun oyi G‘arbiy Yevropada kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi.

Yevropada rekord darajadagi jazirama fonida 10 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi

2026-yil iyun oyining oxirida Yevropa mamlakatlarini qamrab olgan rekord darajadagi jazirama davrida 10 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘lim holati ro‘y berdi. Bu haqda Reuters agentligi EuroMOMO o‘lim holatlarini monitoring qilish tizimiga asoslanib xabar bermoqda.

Vafot etganlarning 9000 dan ortig‘i 65 yosh va undan kattalar bo‘lgan. EuroMOMO ishini muvofiqlashtiruvchi Daniya davlat zardoblar instituti bosh shifokori Lasse Vestergor Reuters agentligiga bergan intervyusida, yilning ushbu davri uchun o‘lim ko‘rsatkichining bunday o‘sishi g‘ayrioddiy ekanligini ta’kidladi.

“Bunday yuqori darajadagi qo‘shimcha o‘lim holatlarini ekstremal issiqlikdan boshqa biror narsa bilan izohlash qiyin”, — dedi u.

Statistika 22-iyundan 28-iyungacha bo‘lgan davrda Yevropaning 27 ta davlatini qamrab olgan bo‘lib, sababidan qat’i nazar barcha o‘lim holatlarini o‘z ichiga oladi. Biroq, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bunday keskin o‘sishga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lum omillar kuzatilmagan.

EuroMOMO alohida davlatlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etmagan, ammo iyun oyining so‘nggi haftasida Fransiya va Belgiyada Yevropada “juda yuqori” darajadagi qo‘shimcha o‘lim holatlari qayd etilgan yagona ikki mamlakat ekanligi ta’kidlanadi.

Belgiyaning Sciensano jamoat salomatligi instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Belgiyadagi qo‘shimcha o‘lim ko‘rsatkichi 2000-yildan buyon kuzatilgan issiqlik to‘lqinlari davridagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Bundan oldin Yevropaning Copernicus iqlim xizmati 2026-yilning iyun oyi G‘arbiy Yevropada kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyun bo‘lganini ma’lum qilgandi. Oylik ko‘rsatkichlar Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgda o‘rtacha darajadan 3−5 darajaga yuqori bo‘lgan.

Sahifada xato topdingizmi? Ctrl+Enter tugmalarni bosing

Saytdagi xabarlardan foydalanish uchun «Gazeta»ning yozma roziligi olinishi shart.

Elektron OAV guvohnomasi: №209073. Berilgan sanasi: 2024-yil 19-yanvar

Muassis: «Gazeta News» MChJ

Bosh muharrir: Umarov Davlat Sulaymonovich

Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26A

Elektron manzil: [email protected]

Rahmat. Sizning xatingizni oldik va yaqin vaqt ichida kamchilikni to‘g‘irlaymiz.

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting.

iqlim o'zgarishiyevropao‘lim holatlariissiqlik to‘lqinieuromomojaziramastatistikalarsalomatlik