Mahalliy

Yer qa’ridan foydalanish huquqini berish tartibi takomillashtirilmoqda

2026 yil 1 oktyabrga qadar foydali qazilmalar zaхiralari bahosini hisoblash tartibi ishlab chiqiladi, yer qa’ri uchastkalari kadastriga oid ma’lumotlar esa “Geomonitoring” aхborot tizimiga kiritiladi. Yer qa’ridan foydalanish qiymati va auksion tartib-taomillari oʻzgaradi.

Yer qa’ridan foydalanish huquqini berish tartibi takomillashtirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 421-sonli “Yer qa’ridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilish tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat uch oydan keyin kuchga kiradi.

Yer qa’ridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida, mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 133-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, quyidagilar koʻzda tutilmoqda:

* Togʻ-kon sanoati faoliyati uchun yer qa’ridan foydalanishning boshlangʻich narxini aniqlashda foydali qazilmalar zaxiralari bahosini hisoblash tartibi 2026-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqiladi.

* Kon va istiqbolli maydonlarni oʻzlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida, 2027-yil 1-martga qadar respublikadagi yer qa’ri uchastkalari kadastr kvadratlariga oid ma’lumotlar “Geomonitoring” axborot tizimiga joylashtirilishi lozim.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2026-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova

uzbekistandigitalizationlegislationgovernment decreeminingnatural resourcesauctionsgeomonitoring