Yangi O‘zbekiston bunyodkorligi - Sangardakda o‘z aksini topmoqda
Surxondaryo viloyatining betakror tabiati bag‘rida joylashgan Sangardak bugun nafaqat sayyohlarni maftun etayotgan maskan, balki mamlakatimizda turizmni yangi bosqichga olib chiqayotgan yirik loyihalardan biriga aylanmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan tog‘li hududlarda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik ruhi Sangardakda namoyon bo‘lmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimligi va "Turonbank" ATB hamkorligida barpo etilayotgan zamonaviy dor yo‘li, mehmonxonalar va dam olish maskanlari ushbu hududning iqtisodiy quvvatini oshirish, yangi ish joylari yaratish hamda ichki va xalqaro turizmni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Sangardak nafaqat sharshara va tog‘lardan iborat. Bu, shuningdek, Vatanimizning qimmatbaho tabiiy boyligi, mamlakatimiz taraqqiyoti va bunyodkorlik siyosatining amaliy natijasidir. Har bir tashrif buyuruvchi bu yerda tabiat go‘zalligi bilan birga Yangi O‘zbekistonning ulkan bunyodkorlik ruhini ham his etadi.
✨ Sangardak – bugunning faxri, kelajak avlodlar uchun yaratilayotgan bebaho meros.
Reklama huquqi asosida

