“Urushga borishni rad etdim, keyin sumkamdan narkotik topishdi”. Navoiyda Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan 32 yoshli fuqaroning ozodligi 4 yilga cheklandi
Rossiyada giyohvandlikka oid jinoyat uchun 8 yilga qamalgan navoiylik fuqaro keyin Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzib, Ukrainadagi urushda qatnashgan. U jarohatlanganidan so‘ng O‘zbekistonga qaytdi. Sud unga 4 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

“Urushga borishni rad etdim, keyin sumkamdan narkotik topishdi”. Navoiyda Rossiya-Ukraina urushida ishtirok etgan 32 yoshli fuqaroning ozodligi 4 yilga cheklangan
2023-yil 19-iyun kuni Karmana tumani (Navoiy viloyati) sudida Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomoni uchun jang qilgan 32 yoshli fuqaro S.A.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Gazeta sud hujjatlari bilan tanishdi.
Sud materiallariga ko‘ra, S.A. 2025-yil oktabr oyida mavsumiy ishlash maqsadida Rossiyaga ketgan va Moskva shahrida xususiy korxonada oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Hujjatlarga ko‘ra, 2025-yil aprel oyida u giyohvandlik vositalari savdosida gumon qilinib qo‘lga olingan. Keyinchalik Rossiya sudi uni mamlakat Jinoyat kodeksining 228-moddasi (giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotib olish, saqlash va tashish) bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.
Biroq 2025-yil oktabr oyida Rossiya Jinoyat kodeksining 80.2-moddasi (safarbarlik, harbiy holat yoki urush davrida harbiy xizmatni o‘tash munosabati bilan jazodan ozod qilish) qo‘llanilib, u qamoqdan ozod etilgan va Rossiya Qurolli kuchlari safiga qabul qilingan.
Sud hujjatlarida qayd etilishicha, S.A. avval Rostov shahridagi 24776-sonli harbiy qismga, keyin esa Ukrainaning Donetsk shahridagi harbiy lagerga yuborilgan.
2026-yil fevral oyida Mariupol yaqinidagi harbiy lagerda jangovar tayyorgarlikni davom ettirgan. 8-mart kuni esa Zaporoje viloyatidagi harbiy lagerga Ukraina tomonidan amalga oshirilgan hujum vaqtida snaryad portlashi oqibatida tan jarohati olgan.
Shundan so‘ng u Astrakhan shahridagi harbiy gospitalda davolangan.
Sud materiallariga ko‘ra, 2026-yil 14-aprel kuni S.A. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga murojaat qilib, Rossiya-Ukraina urushida qatnashganini hamda xorijga chiqish pasporti jazoni ijro etish muassasasida qolganini yashirib, uni yo‘qotganini ma’lum qilgan. Shu asosda unga Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilgan.
2026-yil 17-aprel kuni u mazkur hujjat bilan Rossiyadan chiqib, “Yallama” chegara-bojxona posti orqali O‘zbekistonga qaytgan.
“Politsiya avval urushga borishni taklif qildi, rad etganimdan keyin sumkamdan narkotik topishdi”
Sudda ko‘rsatma bergan S.A.ning aytishicha, u 2025-yil yanvar oyida ishlash maqsadida Rossiyaga ketgan. Avval Kaluga viloyatidagi issiqxonada ishlagan, keyin esa Moskvaga ko‘chib, yuk tashuvchi va yetkazib berish xizmatida mehnat qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil 14-aprel kuni kechqurun politsiya xodimlari uni to‘xtatib, urushga borishni taklif qilgan. U rozi bo‘lmagach, politsiya uning sumkasini tekshirib, giyohvandlik moddasi borligini aytgan.
S.A.ning ta’kidlashicha, shundan so‘ng unga nisbatan RF Jinoyat kodeksining 228-moddasi (giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotib olish, saqlash va tashish) 4-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, xorijga chiqish pasporti, ID-kartasi va harbiy guvohnomasi olib qo‘yilgan. Keyinchalik sud uni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.
“Qamoqdan chiqish uchun urushga borishim kerakligini aytishdi”
Sudlanu

