Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi.

Yevropaning to‘qqizta davlati Ukraina bilan ballistik mudofaaga qarshi integratsiyalashgan koalitsiya tuzganini e’lon qildi..

Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tashkil etdi. Yevropaning to‘qqizta davlati Ukraina bilan birgalikda ballistik mudofaa uchun integratsiyalashgan koalitsiya tuzganini e’lon qildi.

Ushbu birlashmaga Ukrainadan tashqari Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining sakkizta davlati — Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kirdi.

Koalitsiya doirasida kelajakdagi raketa tahdidlarini bartaraf etish maqsadida integratsiyalashgan raketaga qarshi mudofaa arxitekturasini yaratish rejalashtirilmoqda. Yangi konsepsiya Yevropa mamlakatlaridagi mavjud raketaga qarshi mudofaa tizimlarini to‘ldiradi.

Birinchi bosqichda koalitsiya a’zolari texnik ishchi guruhlarni tuzish va umumiy operatsion imkoniyatlarni baholash uchun «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Yevropa davlatlari so‘nggi oylarda AQSh bilan munosabatlarning yomonlashuvi va Donald Trampning mamlakatni NATOdan chiqarish tahdidi fonida o‘z xavfsizlik tizimlarini qayta shakllantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Yevropa Ittifoqi mudofaa masalalarida AQShga kamroq qaram bo‘lishni xohlaydi - ayniqsa Rossiya bilan ehtimoliy mojaro kontekstida.

natoxavfsizlikraketaga qarshi mudofaakoalitsiyayevroparossiyaukrainaaqsh