UFC reytingi yangilandi: Temirov 7-o‘ringa ko‘tarildi, Guskov esa 9-pog‘onani band etgan

UFC reytingi yangilandi: Temirov 7-o‘ringa ko‘tarildi, Guskov esa 9-pog‘onani band etgan
BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 282 turniridan so‘ng tashkilot sportchilarning reytinglarini yangiladi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan ikki o‘zbekistonlik sportchining o‘z divizionlaridagi o‘rinlari ham ma’lum bo‘ldi.
O‘ta yengil vazn toifasida avstraliyalik Stiv Erseg ustidan g‘alaba qozongan Ramazon Temirov yangilangan reytingda birdaniga ikki pog‘onaga ko‘tarildi. Ayni vaqtda u o‘z divizionida 7-o‘rinni egallab turibdi. Yarim og‘ir vazn toifasining markaziy jangida rossiyalik Magomed Ankalayevga imkoniyatni boy bergan Bogdan Guskovning reytingdagi o‘rni esa o‘zgarmadi. Mag‘lubiyatga qaramay, Bogdan 9-pog‘onani band etgan.
O‘ta yengil vazn:
Chempion: Joshua Van
Aleksandr Pantoja
Manel Kape
Brendon Royval
Tatsuro Taira
Asu Almabayev
Loun Kavana
Ramazon Temirov (+2)
Kyodji Xoriguchi
Amir Albazi
Brendon Moreno
Yarim og‘ir vazn:
Chempion: Karlos Ulberg
Aleks Pereyra
Magomed Ankalayev
Irji Proxazka
Paulo Kosta
Jamahal Xill
Halil Rountri
Dominik Reyes
Azamat Murzakanov
Bogdan Guskov (o‘zgarishsiz)
Navaxo Stirling (+1)
Shuningdek, o‘rta vazn toifasida jang qiladigan yana bir o‘zbekistonlik MMA yulduzi Nursulton Ro‘ziboyevning reytingdagi pozitsiyasi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Ro‘ziboyev o‘z divizionining 15-pog‘onasini egallab turibdi.

