Siyosat

Turkiyada Netanyaxuga xalqaro qidiruv e’lon qilindi

Turkiyada Netanyaxu uchun xalqaro qidiruv e’lon qilindi

Istanbul Jinoyat ishlari bo‘yicha 11-oliy sudi Sumud floti ishiga doir Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni xalqaro qidiruvga berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sud hujjatlarida unga qarshi bir qator og‘ir ayblovlar qo‘yilgan. Bu haqda Halk TV xabar berdi.

Ushbu ish doirasida Netanyaxu va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan xalqaro huquq va Turkiya Jinoyat kodeksi asosida jiddiy ayblovlar ilgari surilgan. Prokuror tomonidan tayyorlangan ayblov xulosasida quyidagi jinoyatlar bo‘yicha ish ochilgani ko‘rsatilgan:

- insoniyatga qarshi jinoyat;

- genotsid jinoyati;

- mol-mulkka zarar yetkazish;

- talonchilik;

- qasddan badanga shikast yetkazish;

- qiynoqqa solish;

- transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilish;

- odam o‘g‘irlash yoki asirga olish;

- shaxsni erkinlikdan mahrum qilish.

Netanyaxuning xalqaro qidiruvga berilishi uning sud majlislarida ishtirok etishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan. Mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni Istanbul sudida davom etadi.

Avvalroq Putin va Netanyaxuni hibsga olishga buyruq bergan Xalqaro jinoiy sud prokurori lavozimidan chetlatilgani haqida ma’lumot berilgan. U 2024-yilning noyabr oyida Isroil bosh vazirini hibsga olishga buyruq bergan.

turkeyinternational warrantwar crimesgenocideistanbul courtlegal proceedingshuman rightsnetanyahu