Siyosat

Trampning golf klubi ustidan uchayotgan samolyotlar tutib olindi

**Trampning golf klubi uzra uchgan samolyotlar to‘xtatildi**

AQSH prezidenti Donald Trampning golf klubi ustidan ruxsatsiz uchib o‘tgan ikkita samolyot qiruvchilar tomonidan ushlab qolindi. Bu haqda Shimoliy Amerika Aerokosmik mudofaa qo‘mondonligi (NORAD) ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, Trampning shaxsiy golf klubi joylashgan Bedminster (Nyu-Jersi shtati) hududida vaqtinchalik parvoz cheklovlari joriy etilgan edi. 9-avgust kuni ushbu cheklovlarga rioya qilmagan samolyotlarning yo‘lini to‘sish uchun F-16 qiruvchi samolyotlari jalb etildi. Natijada fuqaro samolyotlari xavfsiz hududga kuzatib qo‘yildi.

O‘tgan dam olish kunlarida Donald Tramp aynan shu golf klubida bo‘lgan. Voqea munosabati bilan uchuvchilardan har bir parvozdan oldin tegishli bildirishnomalarni (NOTAM) tekshirish va vaqtinchalik parvoz cheklovlariga (TFR) qat’iy rioya etish so‘ralgan.

AQSH harbiylari operatsiyada qancha qiruvchi samolyot ishtirok etganiga aniqlik kiritmadi. Shuningdek, vaqtinchalik parvoz cheklovlarini aynan qaysi laynerlar buzgani ham oshkor etilmadi.

Ma’lumot uchun, F-16 Amerikaning to‘rtinchi avlod ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotidir. U havodagi janglar, nishonlarni tutib olish va yer usti obyektlariga zarba berish uchun mo‘ljallangan. 2025-yilning dekabr oyida ham F-16 qiruvchisi Donald Trampning Palm-Bichdagi rezidensiyasi osmonida yopiq havo hududiga kirib qolgan samolyot yo‘lini to‘sgandi.

golf klubiparvoz cheklovlarinoradhavo hududisamolyotlardonald trampfaqsh