Mahalliy

Toshkentda gaz taʼminoti ikki bosqichli tizimga o‘tkazilmoqda

Toshkentda gaz taʼminoti ikki bosqichli tizimga o‘tkazilmoqda. Loyiha doirasida minglab xonadonlarga gaz bosimini tartibga soluvchi reduktorlar o‘rnatildi.

Toshkentda gaz taʼminoti tizimi ikki bosqichli modelga o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Mazkur loyiha poytaxtdagi xonadonlarga gaz bosimini tartibga soluvchi qurilmalar o‘rnatish orqali isteʼmolchilarga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berishni maqsad qilgan.

Modernizatsiya ishlari doirasida har bir xonadonga gaz bosimini meʼyoriy darajada ushlab turuvchi va tizimning barqaror faoliyatini taʼminlovchi reduktor o‘rnatilmoqda.

Dastlabki rejaga ko‘ra, loyiha 5 484 ta obyektni qamrab olishi kerak edi. Biroq hozirga qadar amalda 5 649 ta obyektda ishlar yakunlangan.

Shahar hokimiyatining taʼkidlashicha, tizimning ushbu yangilanishi kuz-qish mavsumida gaz bosimini barqaror saqlashga, uzilishlar xavfini kamaytirishga hamda poytaxt aholisini tabiiy gaz bilan yanada ishonchli va sifatli taʼminlashga xizmat qiladi.

gas supplygas pressure regulatorstwo-stage systemheating seasonmodernizationtashkentnatural gasenergy infrastructure