Mahalliy

Toshkentda energetika bo‘yicha kuchaytirilgan guruhlar ish boshladi

Ushbu kompleks chora-tadbirlar poytaxtda energiya resurslari talon-toroj qilinishining oldini olib, halol iste’molchilarni barqaror ishlaydigan tizim

Toshkentda energetika sohasida faoliyat yurituvchi kuchaytirilgan guruhlar ishga tushdi.

Poytaxtda "Energetika xavfsizligi oyligi" doirasida 450 dan ziyod xodimni o‘z ichiga olgan kuchaytirilgan guruhlar o‘z ishini boshladi.

Shaharda energiya isrofgarchiligiga va undan noqonuniy foydalanishga barham berishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar boshlandi.

31-iyul kuni Yunusobod tumanida bo‘lib o‘tgan yo‘riqnomada shahar prokurori, IIBB boshlig‘i va shahar hokimi o‘rinbosari tomonidan mas’ul shaxslarga aniq vazifalar yuklatildi.

Asosiy ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

- Prezident qaroriga muvofiq energiya samaradorligini oshirish va noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish;

- Katta miqdordagi o‘g‘irlik holatlarini aniqlash va resurslar yo‘qotilishi yuqori bo‘lgan tumanlarda tekshiruvlar o‘tkazish;

- Elektron tizimlar orqali hisoblagichlariga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan yoki aloqaga chiqmayotgan "shubhali" iste’molchilarni manzilli o‘rganish.

Ushbu kompleks chora-tadbirlar poytaxtda energiya resurslarining talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka, shuningdek, halol iste’molchilarni barqaror ishlaydigan tizim orqali elektr va gaz bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

elektr ta'minotienergetika xavfsizligigaz ta'minotienergiya samaradorliginoqonuniy energiya foydalanishtekshiruvlarresurslar yo'qotishitoshkent