Mahalliy
Issiqlik tufayli Toshkentning bir qismi vaqtincha elektrsiz qoldi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida anomal issiqlik va elektr tarmoqlarining ortiqcha yuklanishi tufayli 8250 isteʼmolchi vaqtincha elektrsiz qoldi.

Toshkent va Toshkent viloyatida ayrim isteʼmolchilar vaqtincha elektr energiyasisiz qoldi. Oʻzbekiston Energetika vazirligi bunga texnik nosozliklar sabab boʻlganini maʼlum qildi.

