Siyosat

Toshkent shahar hokimiga maslahatchi tayinlandi

Fathulla Nigmanov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat

Toshkent shahar hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi.

Poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqovning maslahatchisi etib Nigmanov Fathulla Ubaydullayevich tayinlandi. U shu bilan birga Toshkent shahar hokimligi Axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimini ham egallaydi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Fathulla Nigmanov 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini geodezik hisoblash va boshqa tarmoqlar muhandisligi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Fathulla Nigmanov o‘z mehnat faoliyati davomida Yunusobod tumani hokimligida turli mas’ul lavozimlarda, shuningdek, Bektemir tumani hokimining birinchi o‘rinbosari va tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlagan.

tashkentappointmentpersonnel changespublic serviceadvisorcity administrationfathulla nigmanovshavkat umrzoqov