Mahalliy

Test: “Masxaraboz”, “Yodgor” va “Vodillik kelin” kabi o‘zbek filmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

“Sherali va Oybarchin”, “Armon”, “Fotima va Zuhra” singari filmlarda suratga tushgan Ra’no Zokirova 7-avgustda 57 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

Test: “Masxaraboz”, “Yodgor” va “Vodillik kelin” kabi o‘zbek filmlarini qay darajada bilasiz?

Ra’no Zokirova 1969-yil 7-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktrisa o‘z faoliyatini 1984-yilda “O‘zbekfilm” kinostudiyasida boshlagan va 1988-yilda Xoreografiya bilim yurtini tugatgan. 1988-yildan 1995-yilgacha “Shodlik” ansamblida, 1995-yildan esa Abror Hidoyatov nomidagi teatrda ishlagan. 1999-yilda Toshkent davlat madaniyat institutining rejissyorlik bo‘limini tamomlagan.

U 1984-yildan 1994-yilgacha “Vodillik kelin”, “Armon”, “Sherali va Oybarchin” hamda “Masxaraboz” filmlarida rol o‘ynagan. 1997-yilda “Piyoda” filmida, 1998-yildan 2002-yilgacha esa “Shaytanat”, “Ayol zoti” va “Ostona” seriallarida suratga tushgan. 2003-yildan 2005-yilgacha uning ishtirokidagi “Yodgor”, “Sabr”, “Fotima va Zuhra” filmlari namoyish etilgan.

Bundan tashqari, u “Bir kam dunyo”, “Qaytar dunyo” seriallarida, shuningdek, “Alpomish”, “Novda”, “Bekatdagi odam” va “Ilhaq” filmlarida ham ishtirok etgan.

Shu sana munosabati bilan Gazeta Ra’no Zokirova filmlari asosida test tayyorladi.

ra'no zokirova"masxaraboz""yodgor""vodillik kelin"testactressuzbek cinemafilmography