Test: “Charxpalak"ni va yana “Yaratganga shukur”, “Qo‘rg‘oshin” kabi o‘zbek filmlarini bilasizmi?
“Shaytanat”, “Sardor” seriallarida, “Yulduzingni ber osmon”, “Kichkina tabib” singari kinolarda suratga tushgan Karim Mirxodiyev 29-iyulda 72 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq artistining filmografiyasi asosida test tayyorladi.

"Charxpalak", "Yaratganga shukur", "Qo‘rg‘oshin" kabi o‘zbek filmlari sizga tanishmi?
Karim Mirxodiyev 1954-yil 29-iyulda Buxoroda tavallud topgan. 1976-yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik institutiga o‘qishga kirib, uni tamomlagach, Abror Hidoyatov nomidagi teatrda faoliyat yuritgan. 1983-yildan "Ilhom" teatrida ishlagan Karim Mirxodiyevning kinodagi ilk chiqishi 1979-yilda "Alibobo va qirq qaroqchi" filmi bilan boshlangan.
1981-yilda "Isyonkor" ("Nepokornaya"), 1984−1989-yillarda "Jontoyning qasamyodi" ("Klyatva Djantaya"), "Tog‘lardagi uzoq aks sado" ("Dolgoye exo v gorax"), "Qasoskorning oltin boshi" ("Zolotaya golova mstitelya"), "Changak" filmlarida rol ijro etgan. 1990-yillarda esa "XX asrning dinozavrlari", "Charxpalak" va "Shaytanat" filmlarida, shuningdek, "Seni izlab", "Yaratganga shukur", "Yulduzingni ber osmon", "Kichkina tabib" kabi kinolarda turli obrazlarni gavdalantirgan.
2000−2023-yillar oralig‘ida u "Osmon yaqin", "Kechikkan hayot", "Qo‘rg‘oshin" hamda "Sabot", "Ibrat" va "Osmondagi bolalar-3" filmlarida ishtirok etgan.
Ushbu sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistning filmografiyasi asosida test tayyorladi.

