«Tashabbusli byudjyet»da saralash bosqichi 4-avgustdan boshlanadi
«Tashabbusli byudjyet»ning 2026-yilgi ikkinchi mavsumida loyihalarni qabul qilish bosqichi yakunlandi. 4-avgustdan 18-avgustga qadar kelib tushgan tashabbuslarni saralash jarayoni o‘tkaziladi.

«Tashabbusli byudjet» loyihasining saralash bosqichi 4-avgust kuni start oladi.
Xabarlarga ko‘ra, loyihalarni qabul qilish jarayoni joriy yilning 15-iyulidan 3-avgustiga qadar davom etgan. Bu davr mobaynida fuqarolar tomonidan jami 23 551 ta loyiha taqdim etilgan.
Endilikda, 4-avgustdan 18-avgustga qadar ushbu tashabbuslar belgilangan mezonlar asosida sinchiklab saralab olinadi.
Mas’ullar fuqarolarni o‘z hududlaridagi muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishga chorladi. «Tashabbusli byudjet» loyihasi aholiga mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.

