Layfstayl

Suv, kosmetika, ko‘zoynak — jazirama kunlarda mashinada qoldirib bo‘lmaydigan buyumlar

Suv, kosmetika, ko‘zoynak – jazirama kunlarda avtomobilda qoldirish mumkin bo‘lmagan buyumlar ro‘yxati

Unutuvchanlik, ayniqsa yozning jazirama kunlarida, o‘zingizga yoki avtomobilingizga zarar yetkazishi mumkin. Quyida avtomobilingizda saqlashga e’tibor berishingiz kerak bo‘lgan narsalar keltirilgan.

**Suv**

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantirishicha, plastik suv idishi avtomobilda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Suv, obyektiv kabi, quyosh nurlarini bir nuqtaga jamlab, ularni toraytiradi. Uning markazidagi harorat 120 darajaga yetishi mumkin, bu esa o‘rindiq qoplamasi va avtomobildagi plastmassaning eriy boshlashi uchun yetarli haroratdir.

Bundan tashqari, havo harorati ko‘tarilganda plastmassa suvga BPA (bisfenol A) chiqaradi. Ushbu modda ko‘p miqdorda bo‘lsa, rivojlanishning kechikishi, onkologik kasalliklar, jumladan, prostata va tuxumdon saratoni kabi bir qator salbiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

**Optika**

Tibbiy ko‘zoynaklar mashinada hatto qisqa vaqtga ham qoldirilmasligi kerak. Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, obyektiv orqali o‘tadigan quyosh nuri ostida avtomobilning ichki qoplamasi bir necha daqiqadan so‘ng yona boshlaydi.

**Yogurt**

Yuqori harorat ta’sirida yogurt faol ravishda bijg‘iy boshlaydi. Paketdagi gazlarning to‘planishi portlashga olib kelishi mumkin. Bu xavf tug‘dirmaydi, ammo mashinangizni tozalashingizga to‘g‘ri keladi va professional tozalashsiz achigan hidni yo‘qotish qiyin bo‘ladi.

**Konfetlar**

30 darajadan yuqori havo haroratida rangli konfetlar tezda eriy boshlaydi. Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, shirinliklarga qo‘shilgan bo‘yoq dog‘i hatto kimyoviy tozalashdan so‘ng ham ketmagan.

**Kosmetika**

Avtomobilda kosmetika saqlamang. Quyosh ta’sirida lab bo‘yog‘i, blesk va tush erib, naychadan oqib chiqadi, qoplamada dog‘ qoldiradi, ten va pudralar esa o‘z tarkibini o‘zgartirib, yaroqsiz holga keladi.

**Tibbiy preparatlar**

Dori ishlab chiqaruvchilar dori-darmonlarni saqlashning maksimal haroratini bejizga ko‘rsatmaydilar va u kamdan-kam hollarda 25 darajadan oshadi. Issiqda dorilar eng kamida foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va ulardan foydalanish xavfli bo‘lishi mumkin.

Mashinangizda saqlangan dorilarga ishonmang. Katta ehtimol bilan ular yaroqsiz holga kelgan.

**Gadjetlar**

Litiy-ion batareyasi bilan ishlaydigan gadjetlar (masalan, kameralarning ba’zi modellari) soatli bombadir. Yuqori haroratda portlashi mumkin. Qaysi vaqtda bu sodir bo‘lishi noma’lum, shuning uchun uni xavf ostiga qo‘ymagan ma’qul.

**Aerozollar**

Ba’zi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, siqilgan havo idishi mashinadagi harorat 48 darajaga yetganda portlashi mumkin.

**Bank kartasi**

To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurida qoldirilgan yupqa plastmassadan tayyorlangan bank kartasi eriy boshlaydi. Natijada yaroqsiz holga kelib, bir qator muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

car safetyheat damageitems to avoid in hot carsproduct spoilagefire hazardsgadget safetybank card damagehealth risks