Sport

Superliga. "So‘g‘diyona" safarda "Mash’al"ni taslim etdi

Superliga. "So‘g‘diyona" "Mash’al"ni mehmonda mag‘lub etdi

Superliganing 15-turida Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi safarda "Mash’al"ga qarshi bahs olib bordi. Bu o‘yin jizzaxliklar hujumchisi Lyupcho Doriyevning yorqin o‘yiniga aylandi. Doriyev ushbu uchrashuvda uchta gol urib, xet-trik qayd etdi.

"Mash’al" safida yagona golni Aziz Choriyev kiritdi. Uning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi "So‘g‘diyona" darvozabonini ojiz qoldirdi.

Uchrashuv Ulug‘bek Baqoyev shogirdlarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Superliga. 15-tur

"Mash’al" — "So‘g‘diyona" 1:3

Gollar: Lyupcho Doriyev (5, 48 pen., 60) — Aziz Choriyev (90+4).

hat-trickaziz choriyevmatch reportfootballso‘g‘diyonasuperligamash’allyupcho doriyev