Sport
Superliga. “Neftchi” Samarqandda “Dinamo” bilan durang o‘ynadi

Superliga. "Neftchi" Samarqandda "Dinamo" bilan ochko bo‘lishdi
O‘zbekiston Superligasining 15-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahs yakuniga yetdi. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda mahalliy "Dinamo" jamoasi Farg‘onaning "Neftchi" klubini qabul qildi.
"Dinamo" — "Neftchi"
O‘yin davomida har ikki jamoa futbolchilarida hisobni ochish uchun bir qancha qulay vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Hujumkor ruhda kechgan o‘yinda muxlislar gol guvohi bo‘lishmadi. Natijada, murosasiz bahs durang bilan yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi — 0:0.
O‘zbekiston Superligasi, 15-tur
"Dinamo" — "Neftchi" 0:0
samarqandsports newsfootballuzbekistan super leagueneftchimatch reportdrawdinamo

