Layfstayl

So‘nggi yillarning o‘qishga arzigulik 7 ta eng yaxshi detektiv romani

So‘nggi yillarda chop etilgan, o‘qishga arzigulik 7 ta eng yaxshi detektiv roman

Detektiv asarlar eng mashhur va qiziqarli adabiy janrlardan biridir. Agar siz allaqachon "Sherlok Holms sarguzashtlari" va Agata Kristi romanlarini o‘qib chiqqan bo‘lsangiz, Collider nashri zamonaviy asarlarga e’tibor qaratishni tavsiya etadi. Nashr kitobxonlarni birinchi sahifasidan to oxirgisigacha o‘ziga rom eta oladigan asarlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Ro‘yxatning birinchi o‘rnini Entoni Gorovitsning "Hakkalar qotilligi" kitobi egalladi. Ushbu asarda ikkita to‘liq tergov jarayoni bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Birinchisi – taniqli detektiv romanlar muallifi Alan Konuey tomonidan yozilgan klassik detektiv hikoya. Ikkinchi yo‘nalish esa muharrir Syuzan Raylend haqida bo‘lib, u Konueyning qo‘lyozmasi ustida ishlayotganda qotilning ismi oshkor bo‘ladigan so‘nggi boblar yo‘qolib qolganini payqaydi. Ko‘p o‘tmay, yozuvchining o‘zi ham o‘lik holda topiladi.

Nashrning ta’kidlashicha, "Hakkalar qotilligi" romani Agata Kristi ijodiga hurmat sifatida yozilgandek tuyuladi, biroq shu bilan birga u mutlaqo mustaqil asardir. Ushbu kitob detektiv janrining eng ko‘p takrorlanadigan yo‘nalishlarida ham haligacha yangi g‘oyalar topish mumkinligini ko‘rsatib beradi.

Collider talqiniga ko‘ra, eng mukammal deb topilgan 7 ta detektiv kitobning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

1. "Hakkalar qotilligi" (Magpie Murders) – Entoni Gorovits, 2016-yil;

2. "O‘lik sherlar" (Dead Lions) – Mik Gerron, 2013-yil;

3. "Begona" (The Outsider) – Stiven King, 2018-yil;

4. "Moviy qush" (Bluebird, Bluebird) – Attika Lokk, 2017-yil;

5. "O‘rmon bag‘rida" (In the Woods) – Tana French, 2007-yil;

6. "Qorbola" (The Snowman) – Yu Nesbyo, 2007-yil;

7. "Seni kuzatyapman" (Watching You) – Liza Juell, 2016-yil.

uzbek newscrime fictionbook recommendationsdetective novelsliterary reviewsanthony horowitzstephen kingbest books